"Afsonaviy-Ko'kdala" - Qashqadaryo viloyat Kubogi sohibi (FOTO)
05 okt 2017 12:51
Yangiliklar
"Afsonaviy-Ko'kdala" - Qashqadaryo viloyat Kubogi sohibi (FOTO)
Qarshi shahrida “Nasaf” PFK qoshidagi “Nasaf” futbol maktabi suniy qoplamali maydonida bo'lib o'tgan uchrashuvda ko'kdalalik futbolchilar raqibni yirik 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi.
SHu tariqa “Afsonaviy-Ko'kdala” jamoasi 2017 yilgi Qashqadaryo viloyat Kubogi sohibiga aylandi. Uchrashuvdan so'ng g'olib jamoa murabbiyi Akmal Muqimov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
- "Bugungi final qiziqarli kechdi, yigitlarimiz o'yin oxirigacha maydonning har bir qarich erida kurash olib borishdi va haqli ravishda g'alaba qozonishdi. Bu tarixiy yutug'imizga o'zlarining beminnat mehnatini ayamagan CHiroqchi tuman hokimi Rustam Azimov, tuman hokimi birinchi o'rinbosari Murtoz Turdiev, Ko'kdala QFY raisi Umar Julbulov, jamoa direktori Vohid Jo'raev, QFY faoli Qahramon Kazakov va BO'SM-2 direktori Nurulla To'laganovlarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz".
Faxriddin CHoriev.
Fikrlar