Afrika Millatlar Kubogi. Saloh gol urdi, Misr esa qo'shimcha taymlarda Benin to'sig'idan o'tdi
06 jan 00:14
Yangiliklar
Afrika Millatlar Kubogi. Saloh gol urdi, Misr esa qo'shimcha taymlarda Benin to'sig'idan o'tdi
"Adrar" stadionida kechgan bahsda "firavnlar" qiyinchilik bilan g'alabani qo'lga kiritib, chorak final yo'llanmasiga ega chiqishdi.
Uchrashuvning asosiy vaqtida jangovar durang qayd etildi. 70-daqiqada Marvan Attiya hisobni ochgan bo'lsa, 83-daqiqada Jodel Dossu muvozanatni tiklab, beninliklarga umid bag'ishladi.
Biroq qo'shimcha taymlarda Misr terma jamoasi o'z tajribasini namoyish etdi. 97-daqiqada Yassir Ibrohim jamoasini oldinga olib chiqqan bo'lsa, ekstra-taymlar yakunida jamoa sardori Muhammad Saloh yakuniy nuqtani qo'ydi — 3:1.
Afrika Millatlar Kubogi-2025. 1/8 final
MISR — BENIN 3:1 (qo'shimcha taymlarda)
Gollar: M. Attiya (70), YA. Ibrohim (97), M. Saloh (120+4) — J. Dossu (83).
Misr: El-Shenavi, Hani, YA. Ibrohim, Rabia, Hamdi, Attiya, Fathi, Odil, Saloh, Marmush, Trezege.
Benin: Danjinu, Uoru, Verdon, Tijani, Roshe, Imuran, Samadu, Tosin, Dodo, Olaytan, Mune.
Shu tariqa, 7 karra qita chempioni bo'lgan Misr chorak finalga yo'l oldi. Endi ular Kot-d’Ivuar — Burkina-Faso juftligi g'olibiga qarshi maydonga tushishadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar