Abubakarga Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirmoqda
20 dek 2023 22:51
Yangiliklar
Abubakarga Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirmoqda
Turkiyaning “Beshiktosh” klubi hujumchisi Vensan Abubakar xizmatlariga Saudiya Arabistonining ikki klubi qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko'ra, 31 yoshli futbolchi bilan bog'liq vaziyatni "Al Ittihod" va "Al SHabab" klublari kuzatib borishmoqda.
Avvalroq OAVda Moskvaning “Spartak” klubi forvard uchun turk klubiga o'n million evro taklif tayyorlayotgani haqida xabar berilgandi.
Abubakarning “Beshiktosh” bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali uni etti million evroga baholamoqda.
Joriy mavsum hujumchi barcha turnirlarda 22 ta o'yinda qatnashib, 11 ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar