Abraxam: "Mourinyu menga kerak bo'lgan murabbiy"
24 dek 2022 18:24
Yangiliklar
Abraxam: "Mourinyu menga kerak bo'lgan murabbiy"
"Roma" hujumchisi Temmi Abraxam rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourinyuning Portugaliya terma jamoasiga ehtimoliy tayinlanishi haqida gapirdi.
"Mourinyu — ajoyib murabbiy. Albatta, barcha jamoalar uni xohlaydi. Portugaliya terma jamoasi qiziqishi doirasida bo'lish katta sharafdir. Murabbiyning hozirda "Roma"ga etibor qaratganiga ishonchim komil.
Biz ko'plab turli malumotlarni o'qidik, ammo buni Mourinyu bilan muhokama qilmadik. U bizga yaxshilanish uchun yordam berishga doim tayyor, biz mavsumning ikkinchi qismiga etibor qaratganmiz. Mourinyu — menga kerak bo'lgan murabbiy", — deydi Abraxam.
Eslatib o'tamiz, "Roma" A Seriyada joriy mavsumda 27 ochko jamg'argan holda, jadvalda ettinchi o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar