So’nggi yangiliklar

01:51Расман: Оле-Гуннар Сульшер истеъфога чиқарилди  1 01:30Отабек Боймуродов: "Ҳар бир рақиб учун алоҳида тайёрланамиз"  1 01:08Конференциялар лигаси саралаши. "Фиорентина"дан суперкамбэк!  0 00:49Ўзбекистон U23 термаси Осиё Кубоги саралаши учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:26"Истанбул Башакшеҳир" миссияни уддалай олмади  51 00:13"Манчестер Юнайтед"нинг асосий футболчиси "Челси"га ўтмоқда!  4 23:56Аёллар ўртасидаги ОЧЛ саралаши. "Севинч" "Ал Насср"ни бурчакдан урилган гол эвазига мағлуб қилди  1 23:33Диёр Холматов: "Европага кетишим шу йиғиндан кейин ҳал бўлади"  7 23:17"Кристал Пэлас" ўз тарихида илк марта еврокубокларда ўйнайди  0 22:50Маҳмуд Маҳамаджонов: "Янги жамоага кўникиш осон бўлди. Энди бор эътибор термага қаратилади"  0 22:19ЕЧЛ. "Реал" Қозоғистонга келади, "Қайрат" Милан ва Лондонга боради: қуръанинг барча натижалари билан танишинг  28 21:54Одил Ҳамробеков: "Ҳозирги мураббийимиз Тимур Кападзе. Унинг қўл остида CAFA турнирига тайёргарлик кўряпмиз"  2 21:17Ўзбекистон термаси йиғинни бошлади ГАЛЕРЕЯ  4 20:45Пол Паркер: "Онана дарвозабон эмас"  3 20:12"Динамо" ҳақ бўлиб чиқди: "Ҳакам қарори нотўғри!"  22

Abduvahob Ahmadaliev: "Turon"ni kelajakda Superligaga olib chiqmoqchimiz" Yangiliklar

Abduvahob Ahmadaliev: "Turon"ni kelajakda Superligaga olib chiqmoqchimiz"

Xabaringiz bor, bugun V PRO-Liga SHarq mintaqasida 26-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Mazkur turni o'z maydonida o'tkazgan O'zbekiston tumanining "Turon" klubi "Rubin" jamoasini 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratib, ochkolari sonini 59 taga etkazib oldi. Ushbu g'alaba "Turon" jamoasiga V PRO-Liga SHarq mintaqasida muddatidan oldin chempionlikni taqdim etardi. SHu munosabat bilan biz klub prezidenti Abduvahob Ahmadaliev bilan bog'lanib, intervyu tashkil etdik.

"Avvalo, etibor uchun xursandmiz. CHempionlik taasurotlari juda yuqori, alo darajada! "Turon"ning mazkur musobaqada viloyatimiz, xususan tumanimiz shanini himoya qildi va buni munosib darajada uddaladi deb o'ylayman. Birinchi navbatda jamoamiz bosib o'tgan yo'lda o'z yordamlarini ayamagan insonlarga, tuman, viloyat va respublika doirasidagi sport tashkilotlarlariga, tumanimiz hokimligiga, futbol uchrashuvlari vaqtida xavfsizlikni taminlagan IIB vakillariga, sog'liqni saqlash xodimlariga, mavsum davomida o'yinlarimizni yoritib borgan barcha OAVlarga klubimiz nomidan o'z minnatdorchiligimni bildirib o'taman.


"Turon" futbol klubi vakillari butun mavsum davomida bir oiladek ahil va inoq tarzda harakat qildilar. Barcha futbol tanu bir jon bo'lgan xolda futbol uchrashuvlarida maydonda borlarini berib o'ynadilar. Qo'lga kiritilgan chempionlik jamoamizning to'g'ri yo'lda ekanligidan dalolat beradi.

Jamoamizning uy va safar uchrashuvlarida muxlislarimiz bizni muntazam qo'llab-quvvatlab turishdi. O'z maydonimizda bo'lib o'tgan o'yinlarda "O'zbekiston" stadioni futbol muxlislari bilan to'ldi, albatta chempionlik yo'lida jamoamiz muxlislarini o'rni muhim ahamiyat kasb etdi.

SHuningdek O'zbekiston futbol associaciyasi va O'zbekiston professional futbol ligasi rahbar va mutaxassislariga, klubimiz tomonidan licenziyalash talablarini bajarilishida o'z maslahati va yordamini ayamagan Diyor Imomxo'jaevga klubimiz nomidan minnatdorchilik bildiramiz. Eng muhimi licenziyalash talablarini bajarish asnosida tumanimizda muhtasham va zamonaviy stadion bunyod etildi, tamirlandi,klub infratuzilmasi shakllantirildi.

"Turon" futbol klubi 2017-yilda viloyatimiz va tumanimiz hokimligi ko'magi ostida tashkil etilgan. Ushbu jamoani tashkil etishda va bugungacha barqaror o'ynab kelishida albatta xomiylarimizning o'rni beqiyos, ular tomonidan bizga barcha sharoitlar yaratib berilmoqda.


Ayni vaqtda "Turon" futboli qoshida futbol akademiyasi tashkil etishda ish olib bormoqdamiz. Bugunga qadar yosh futbolchilarni saralab olish ishlarini amalga oshirdik, akademiya bazasini zamonaviy va Evropa klublaridan andoza xolda tashkil etishni maqsad qilganmiz.

Jamoamiz A PRO-Ligaga o'tish o'yinlariga yuqori darajada tayyorgarlik ko'rmoqda. Nasib qilsa bu bosqichda g'alaba qozonib, A PRO-Liga yo'llanmasini qo'lga kiritmoqchimiz.

"Turon" futbol klubi dastlab tashkil etilganda oldimizda viloyat birinchiligida g'olib chiqish vazifasi qo'yilgan edi, yakunda bu maqsadimizga erishdik. Joriy mavsum avvalida V PRO-Ligada chempionlikni qo'lga kiritib, A PRO-Ligaga yo'llanmani qo'lga kiritishni o'z oldimizga maqsad qilganmiz. Jamoamiz ahillik bilan barcha bosqichlarni birin-ketin bosib o'tmoqda.


Kelajakda "Turon"ni Superligaga olib chiqib, yuqori o'rinlar uchun kurashadigan raqobatbardosh jamoani shakllantirmoqchimiz. Nasib qilsa kuni kelib Osiyo chempionlar ligasida jamoamizning ishtirokini taminlash uchun astoydil harakat qilamiz - deydi Abduvahob Ahmadaliev.

Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика