Abduqodir Xusanov tarixda ilk bor o'zbek futbolchilari orasida yirik kompaniyaning yuziga aylandi
10 jan 2024 16:11
Yangiliklar
Abduqodir Xusanov tarixda ilk bor o'zbek futbolchilari orasida yirik kompaniyaning yuziga aylandi
O'zbekiston milliy terma jamoasi va “Lans” himoyachisi Abduqodir Xusanov dunyoning eng mashhur brendlaridan hisoblanmish Puma bilan shartnoma imzoladi.
SHu tariqa, 19 yoshli futbolchimiz tarixda ilk bor o'zbek futbolchilari orasida yirik kompaniyaning ambassadoriga aylandi. Bu muvaffaqiyat bilan yosh iqtidor sohibini tabriklab qolamiz.

Ayni vaqtda qaysi futbol yulduzlari Puma bilan shartnomaga egaligini eslatib o'tamiz!
Neymar, Antuan Grizmann, Luis Suares, Jek Grilish, Marko Roys, Antoni, Janluidji Buffon.

Puma homiylik qilgan barcha davrlarning eng yaxshi futbolchilari:
Pele, Maradona, Yoxan Kroyf, Anri, Lotar Matteus.

SHuningdek Puma “Manchester Siti”, “Milan”, “Borussiya D” kabi Evropaning yirik jamoalari bilan ham shartnomaga ega.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar