So’nggi yangiliklar

00:57"Арсенал"га МЮ тарбияланувчиси керак  0 00:24Мане 2015 йилда нега МЮга ўтмаганини айтди  0 23:54Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:37"Пахтакор" 7 ўйин деганда Суперлигада "Насаф"ни мағлуб этди  2 23:13Дуайт Йорк "Юнайтед"да Шешконинг ўрнига кимни ўйнатиш кераклигини айтди  1 22:50Каррагер "Ливерпуль" ҳақида: "Мавсумни тўлақонли пароканда қилиш учун марказий ҳимоячи жароҳат олса бўлгани"  0 22:16Жорди Альба: "Ямал ва Мессини солиштириш нотўғри"  0 21:54Камолиддин Тожиев: "Мухлисларга ёқадиган ўйин бўлди"  2 21:39Рўзиқул Бердиев "Пахтакор" майдонидаги мағлубиятдан кейин нималар деди?  37 21:21Аденис Шала: "Пахтакор"дан яхшироқ ўйнадик"  5 20:59Игорь Сергеев: "Мавсумни муносиб якунлаш керак"  3 20:39"Сурхон"нинг футболчилари олдида қарзлари бор  14 20:19Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди  176 20:05Суперлига. "Сурхон" – ОКМК 0:0  0 19:47Бьелса Уругвай терма жамоасини тарк этиши мумкин  1

Abduqodir Husanovga Jorje Mendeshning aloqasi bormi? Futbolchining agenti javob berdi Yangiliklar

Abduqodir Husanovga Jorje Mendeshning aloqasi bormi? Futbolchining agenti javob berdi

O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov so'nggi oylarda eng ko'p muhokama qilinayotgan futbolchiga aylangani shubhasiz.

Bir necha kun avval xorij va o'zbek matbuotida Husanovning ehtimoliy transferi bilan mashhur futbol agenti Jorje Mendesh shug'ullanishi haqida xkbarlar paydo bo'ldi. Bu xabarlarga futbolchining agenti izoh berdi:

"Abduqodir Husanovning barcha ishlari bilan Football Group agentligi va shaxsan men shug'ullanaman. Ehtimoliy transfer bo'yicha deyarli bir oydan buyon Evropada bo'lib turibman. Ko'plab insonlar bilan uchrashyapmiz, bu ularning transferga aloqasi bor degani emas.

Biz futbolchiga qiziqayotgan klublar bilan to'g'ridan-to'g'ri va o'rtakashlarsiz muzokara o'tkazyapmiz.

Barchani hurmat qilamiz. Lekin ayni paytda boshqa agent yoki agentlarning Husanovga aloqasi yo'q. O'zbek OAVdan bunga etiborli bo'lishlarini iltimos qilgan bo'lardim.

Ehtimoliy transferda eng muhimi pul emas, balki futbolchining rivojlanishi to'xtab qolmasligi bo'ladi. "Lans"ga o'tishdan oldin ham biz katta pulga emas futbolchining rivojlanishi uchun ideal jamoa topishga intilgan edik. Yani Abduqodir hozirgidek o'yin amaliyotiga ega bo'ladigan va o'z oldiga aniq maqsad qo'ygan klubga o'tishi tarafdorimiz. Futbolchi o'yin amaliyotiga ega bo'lishi JCH saralashi doirasidagi bo'lajak uchrashuvlardan oldin juda muhim", - dedi Gayrat Xasbiullin.

Reyting: +49   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика