So’nggi yangiliklar

16:00Миржалол Қосимов ҳеч қачон "Андижон"га ютқазмаган   2 14:54"Сўғдиёна" билан ўйиндан олдин "Нефтчи"да битта йўқотиш  1 14:40"Навбаҳор"га 3 та гол урган "Бухоро" футболчиси кейинги турда майдонга тушмайди  3 14:28"Қизилқум" – "Насаф" ўйинида пенальти белгиланиши керакмиди? Суперлиганинг 22-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  7 14:22Гвардиола "Арсенал"га қарши ўйин ҳақида: "Фаолиятимда ҳеч қачон бунчалик узоқ ҳимояланмаганмиз"  4 13:31Гол уриб, қизил карточка олган Экитике кечирим сўради  2 12:51Моуринью "Риу Аве" билан 1:1 ҳақида: "Бош ҳакамда ирода йўқ"  8 12:44ЎФФ президенти Миллий терма жамоа ўйинчилари билан учрашди  0 11:58Футзал. Бугун Ўзбекистон Қирғизистон билан ўйнайди  0 10:55Пролига. "Олимпик-Mobiuz" бугун Нукусда меҳмон бўлади  0 10:32МЮ қишда тажрибалироқ дарвозабон билан шартнома имзоламоқчи  5 09:38"Ливерпуль" ҳужумчиси гол уриши билан қизил олди  0 09:10ФИФА 2030 йилги жаҳон чемпионатини 64 та жамоа билан ўтказишдан манфаатдор - манба  17 09:05Goal. 2026 йилги "Олтин тўп" даъвогарлар рейтингини тузди. Амалдаги "Олтин тўп" соҳиби ТОП-5 да ҳам эмас  14 08:47Расман: "Барселона" юлдузларидан бири жароҳат туфайли узоқ муддатга сафдан чиқди  4

Abdixoliqov “Rux”ning asosiy jamoasi safidagi norasmiy debyutidan keyin nimalar dedi? Yangiliklar

Abdixoliqov “Rux”ning asosiy jamoasi safidagi norasmiy debyutidan keyin nimalar dedi?

Bobir Abdixoliqov qishki transfer mavsumida “Rux” jamoasi safiga borib qo'shilgan edi.

Lvov klubi kecha Xmelnickiyning “Podole” jamoasi bilan sparring o'yinini o'tkazib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi. “Rux”ning asosiy jamoasi safida norasmiy debyutini amalga oshirgan o'zbekistonlik hujumchi o'yindan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Bugungi sparring Kievning “Dinamo”siga qarshi o'yindan oldin yaxshi tayyorgarlik bo'ldi. G'alaba qozonganimizga qarmasdan, bir qator xatolarga ham yo'l qo'ydik. Keyingi o'yinlarda ularni takrorlamaslikka harakat qilamiz. Nihoyat, asosiy jamoa safida o'ynash imkoniyatiga ega bo'lganimdan xursandman. Men uchun murabbiyning ishonchi juda muhim. Bu futbolchi uchun o'ziga xos rag'bat hisoblanadi. O'zimning optimal formamga qaytishga va jamoamga foyda keltirishga harakat qilaman. Asta-sekin sheriklarim bilan munosabatlarimni yaxshilab olyapman, ammo biroz vaqt talab qiladigan holat. 

Hamyurtlarim rasmiy o'yindagi debyutimni kutishayotganini bilaman. Ularning ishonchini oqlash uchun imkon qadar ko'proq harakat qilaman. “Rux” tarkibida yuqori sifatli ijrochilar bor. Bugun Kuxarevich va Kondrakov gol urdi. Hujum chizig'idagi raqobatning yuqoriligi hamma uchun, jumladan, men uchun ham yaxshi. CHunki bunday sharoitda futbolchi faqat o'sadi”, – dedi 23 yoshli forvard. 

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика