So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  1 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Futzal. Bugun O'zbekiston Qirg'iziston bilan o'ynaydi Yangiliklar

Futzal. Bugun O'zbekiston Qirg'iziston bilan o'ynaydi

Osiyo kubogi-2026 saralash musobaqasi F guruhi ning 3-turida O'zbekiston milliy terma jamoasining raqibi Qirg'iziston terma jamoasi bo'ladi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00da start oladi. 



Qirg'iziston milliy terma jamoasi Osiyo qitasining etakchi jamoalari safidan o'rin olgan. Jahon tasnif jadvalida Qirg'iziston ayni paytda 46-o'rinni egallab kelmoqda.

Qirg'iziston Respublikasi mustaqillikka erishgach, sportning futzal turini rivojlantirishga katta etibor berib kelmoqda. Mamlakat milliy terma jamoasi 1998 yilda tashkil etilgan bo'lib, dastlabki xalqaro uchrashuvini 1999 yilning 5 martida Singapur termasiga qarshi o'tkazgan va 9:5 hisobida g'alaba qozongan. Yon qo'shnilarimizning eng yirik hisobidagi g'alabasi 2006-yilning 10-fevral sanasiga to'g'ri keladi. O'shanda qirg'izistonliklar Guamni 14:0 hisobida dog'da qoldirishgan. Eng yirik mag'lubiyatni esa 1999-yilda Eron terma jamoasidan qabul qilib olgan – 0:21.

Osiyo chempionatlarida 1999-yildan buyon qatnashib keladi. Final raundiga 14 marta chiqishga muvaffaq bo'lgan. Eng yaxshi natijasi bronza medali. 2005-yili Vetnamda o'tkazilgan Osiyo kubogida O'zbekiston va Qirg'iziston terma jamoalari yarim finalda imkoniyatni Eron va Yaponiyaga boy berishgan. 3-o'rin uchun o'yin o'tkazilmagan va har ikkala jamoaga bronza medallari berilgan. 2006, 2007-yilgi Osiyo kuboklarida esa 3-o'rin uchun bahsda imkoniyatni boy bergan. Bu yillar Qirg'iziston futzalining eng gullagan davri edi.

2022 yilgi Osiyo kubogining saralash bahslaridan o'ta olmay, birinchi marta qita chempionatini o'tkazib yuborgan. 2023-yilda terma jamoa ruliga ispaniyalik mutaxassis Luis Bernat Molina bosh murabbiy etib olib kelindi. Mazkur mutaxassis tarkibda avlodlar almashinuvi jarayonini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Qirg'iziston terma jamoasi 2024-yili Osiyo chempionatiga qaytdi. Guruh bahslaridan muvaffaqiyatli o'tib, nimchorak finalda Eronga 1:6 hisobida yutqazib qo'ydi. Ayni paytga kelib Luis Bernat Molina “Barselona” futzal klubi murabbiylar shtabiga kiritilgan. Shu boisdan ham mazkur saralash bahslari yakunlangach, Molina Qirg'iziston terma jamoasini tark etadi va Kataloniyaga yo'l oladi.

Qirg'iziston terma jamoasi Osiyo kubogi final bosqichida 16 marta qatnashib, 72 uchrashuvda maydonga tushgan: 30 ta g'alaba, 12 ta durang, 30 ta mag'lubiyat. Kiritilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar farqi – 224:264, -40. Jamg'arilgan ochkolar – 102 ta.

O'zbekiston terma jamoasi bilan xalqaro maydonlarda 15 marta kuch sinashgan bo'lib, faqatgina 1 ta o'yinda g'alaba qozongan. 2 ta uchrashuvda durang natija qayd etilgan. 12 ta uchrashuv O'zbekiston terma jamoasining g'alabasi bilan intiho topgan.


Reyting:    

Fikrlar

   
24 sen 18:24:04
Murodjon Fayzullaev
Тўлқинов Билан Ахаджонов яхши уйинчи екан
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика