Abbosbek Fayzullaev "Bavariya"ga o'tadimi?
06 fev 2024 19:32
Yangiliklar
Abbosbek Fayzullaev "Bavariya"ga o'tadimi?
Bu haqida rus OAVlari xabar bermoqda.
Fayzullaev O'zbekiston U-20 terma jamoasi va CSKA safidagi harakatlari, Qatarda o'tayotgan Osiyo Kubogida O'zbekiston milliy terma jamoasi safidagi ishonchli o'yinlari bilan "Bavariya" skautlari etiboriga tushgan. SHu o'rinda takidlash lozim, hali 21 yoshga to'lmagan iqtidorli futbolchi o'z mamlakati milliy termasi safida xalqaro arenada ham ishonchli o'yin ko'rsatsa, unga ko'plab klublar tomonidan qiziqish bo'lishi turgan gap. Uning ajoyib texnikasi, maydonni ko'ra bilish qobiliyati va uzatmalari jahon futboli grandi bo'lgan "Bavariya" skautlarining ham etiborini tortgani tabiiy hol.
Ushbu mavsum Abbosbek CSKAning nafaqat asosiy tarkib vakiliga, balki jamoaning muhim futbolchilaridan biriga aylanib oldi. Moskva klubi tarkibidagi 18 o'yinda hamyurtimiz 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma etkazib berdi.
"Transfermarkt" portali Fayzullaevning transfer narxini 4 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar