Abbosbek Fayzullaev "Axmat"ga qarshi uchrashuvdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi
29 sen 09:20
Yangiliklar
Abbosbek Fayzullaev "Axmat"ga qarshi uchrashuvdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi
CSKA yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev "Axmat"ga qarshi uchrashuvdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Uchinchi golda men to'pga teginmadim. Todorovich o'z darvozasiga to'pni joylab qo'ydi. Men mavsumdagi ilk golimni ancha vaqtdan beri kutayotgandim. Uchinchi goldan so'ng biz biroz o'zimizni erkin qo'ya boshladik. Yaxshiyamki, raqib bizni buning uchun jazolamadi", - deb fikr bildirdi Abbosbek Fayzullaev.
Eslatib o'tamiz, CSKA - "Axmat" uchrashuvining 10-daqiqasida hamyurtimiz hisobni ochdi va RPLdagi mavsumdagi ilk golini kiritdi.
Fikrlar