Manba: Abbos Fayzullaev tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi
22 iyu 13:53
Yangiliklar
Manba: Abbos Fayzullaev tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi
O'zbekiston terma jamoasi va CSKA klubi yarim himoyachisi Abbos Fayzullaev Istanbulda tibbiy ko'rikdan o'tkazildi.
"Istanbul Bashakshehir" yaqin orada 7,5 million evrolik transfer pulini to'liq hajmda CSKAga jo'natadi.
"Armiyachilar" pulni qabul qilib olishlari bilanoq tomonlar transfer varaqasini imzolaydi, turk klubi esa futbolchi bilan shaxsiy shartnomani hal etadi.
Ayni paytda futbolchi bilan og'zaki tarzda 3 yillik kelishuvga erishilgan. Shuningdek, "Istanbul Bashakshehir" Evropa klublari uchun tovon summasini ham unga kiritishni rejalashtirmoqda. Bitim 99 foiz yakunlangan. Agar barcha hujjatlar o'z vaqtida yopilsa, Fayzullaevning transferi hafta oxirigacha elon qilinadi", – dedi vaziyatdan xabardor manba.
Avvalroq "Paxtakor" Fayzullaevning transferi ortidan qancha ishlab olishi malum bo'lgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar