So’nggi yangiliklar

13:05"Бунёдкор" академияси раҳбари билан очиқ-ойдин суҳбат  0 12:49Кутилмаган бурилиш: Гвардиола Европа терма жамоасига мураббийлик қиладими?  2 12:26Левандовски фаолиятини Италияда давом эттириши мумкин  1 11:58"Реал" кутилмаган трансферга тайёрланмоқда  5 11:20Ўйин давомида биттагина зарба. У "Сити" "Арсенал"дан 9 очко ортда қолиб кетишига етарли бўлди  1 10:55"Барселона" президентлигига қайта сайланган Лапорта нималар деди?  1 10:27Африка қитъасида дунёдаги энг катта стадион қурилмоқда  5 09:50МЮ раҳбари Майкл Кэррикни доимий бош мураббий қилмоқчи эмас  15 09:21Расман. Бразилиялик футболчи "Каттақўрғон" аъзоси  2 08:52"Сурхон"ни янги бош мураббийи ким бўлиши маълум  2 08:23Исломбек Исмоилов тарихга кирди  8 07:54"Барселона" президентлик сайловлари натижаларини эълон қилди  10 07:30"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди  64 02:42А Серия. "Комо" "Рома"ни мағлуб этди, "Милан" эса муҳим ўйинда мағлубиятга учради  6 01:52Иброҳимҳалил Йўлдошев: "Кучли жамоа ютди. Янги мураббий келди ва тактикамиз ўзгарди"  9

Abbos Fayzullaev: "Superligada muxlislar yutmoqda. Modrich va Koutinoning o'yinlarini kuzataman" Yangiliklar

Abbos Fayzullaev: "Superligada muxlislar yutmoqda. Modrich va Koutinoning o'yinlarini kuzataman"

"Paxtakor"ning yana bir yosh iqtidori bilan suhbat.

O'tgan mavsum asosiy jamoada debyut qilgan Abbos Fayzullaev bu yilga kelib bir nechta o'yinlar xususan yurtimizda o'tgan U-23 Osiyo kubogi bahslarida muxlislar etiboriga tushdi. "Paxtakor" tarkibida oxirgi ikki uchrashuvda 2ta gol urgan 18 yoshli yarim himoyachiga bir nechta savollar bilan yuzlandik. 

- Abbos "Metallurg" bilan o'yin jamoangizning g'alabasi bilan yakunlandi. So'nggi ikki o'yindan olingan taassurotlar o'rtasida qanday farq bo'ldi?

- To'g'ri Bekobodda g'alaba qozondik. Ikki uchrashuv men uchun yomon o'tmadi. Raqiblar darvozasiga gol urishga muvaffaq bo'ldim. Bilasizmi, "Paxtakor" libosida maydonga tushar ekanman faqat jamoaga yordam berish haqida o'ylayman. Bundan xursand bo'laman.  

- Ayni paytda turnir jadvalida ajoyib intriga yuzaga kelganini ko'rishimiz mumkin. Nima deb o'ylaysiz jamoalar darajasi tenglashganmi?

- Tan olish kerak chempionatimiz ancha qiziqarli o'tmoqda. Bundan faqat o'zbek futboli va muxlislar yutmoqda. CHempionlik uchun kurashadigan bitta jamoa yo'q. Bir nechta klublar bu yo'lda raqobatlashmoqda. Raqobat esa Superliga yanada jozibali kechishini taminlamoqda. 

- Tengqurlaringiz orasida o'zini ko'rsatgan futbolchilardan kimlarni ko'rsatgan bo'lardingiz...

- "Bunyodkor"dagi Umarali Rahmonaliev va "Olimpik"da to'p tepayotgan Po'latxo'ja Xoldorxonovni alohida aytgan bo'lar edim. Bu mavsum ular ancha o'sishga erishishdi. Bundan keyin ham to'xtab qolmay ajoyib o'yinlarini ko'rsatishda davom etishadi, deb o'ylayman. 

- Futboldagi kumiringiz kim? 

- O'zim Felippe Koutino va Luka Modrichning o'yinlarini kuzatib boraman. Kerakli jihatlarini olishga harakat qilaman.

- U-23 Osiyo kubogida Jasur Jaloliddinovning o'rniga zaxiradan tushdingiz. Umuman o'zingiz uchun qaysi poziciyada to'p tepish qulay?

- Hujumchi ortida o'ynashni yaxshi ko'raman. Ikki qanotda vinger sifatida ham harakat qila olaman. Yuqorida aytganimdek asosiysi jamoaga samara keltirishim.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика