So’nggi yangiliklar

09:20"Реал Мадрид"нинг 32 ёшли футболчиси жароҳатлар сабаб фаолиятини якунламоқчи  0 08:40"Андижон" бош директори Рубин Хебайнинг жамоага келиши ҳақидаги саволга жавоб берди  1 08:08Гвардиола Чемпионлар лигасида қайси жамоага тўқнаш келишни истамаслигини айтди  10 07:31ЖЧ-2026 Саралаш. Бугун БААга қарши майдонга тушамиз  15 06:01Ёрқин Назаров: "БАА ақлли жамоа, ғалаба қозонмаслик мундиал вазифасини қийинлаштиради"  8 01:56Миллатлар лигаси. "Сўғдиёна" футболчиси иштирок этган баҳсда Уэльс зафар қучди, Украина дурангга рози бўлди ва бошқа натижалар  1 01:47Миллатлар лигаси. "Гигантлар тўқнашуви"да немисларнинг қўли баланд келди  3 01:44Миллатлар лигаси. Коло Муанининг голлари Францияга Бельгия устидан ғалабани тақдим қилди  0 01:40Миллатлар лигаси. Италия Исроилни йирик ҳисобда таслим қилди  6 01:21Гюндоган, Мюллер ва Нойер терма жамоа билан хайрлашишди  1 01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  2 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  5 22:56"Реал" "Байер"нинг 40 млн. евролик футболчисини сотиб олмоқчи  0 22:27ФФФ бренд ҳамкори: "Мухлислар Мбаппени ёқтиришмайди"  2 21:50МЮ йил бошида сотиб юборган футболчисини 20 млн. еврога қайтариб олади  5

A Seriya. "Roma" safarda durang o'ynadi, SHomurodov maydonda 66 daqiqa harakat qildi Yangiliklar

A Seriya. "Roma" safarda durang o'ynadi, SHomurodov maydonda 66 daqiqa harakat qildi

Teglar :  SassuoloRoma
Italiya A Seriyasinig 14-turidan o'rin olgan "Sassuolo" - "Roma" uchrashuvi yakunlandi.

"Sassuolo" — "Roma" 1:1

Gollar: 0:1 – 80 Abraxam, 1:1 – 85 Pinamonti.

Sassuolo – Konsili, Tolyan, Ayxan, Ferrari, Kiryakopulos (Rojerio, 88), Lopes (Obiang, 75), Frattezi, Xarrui (Torstvedt, 66), D`Andrea (Traore, 66), Pinamonti, Loryante (Berardi, 88).

Roma – Ruy Patrisiu, CHelik (Karsdorp, 65), Smolling, Manchini, Rojer, Matich, Kristante, Dzanolo (Belotti, 78), Volpato (Bove, 73), SHomurodov (Abraxam, 66), Zalevski (El-SHaaravi, 66).

Ogohlantirishlar: Dzanolo (26), Loryante (38), Ayxan (54), Lopes (62), Kiryakopulos (68), Kristante (73), Pinamonti (86), Manchini (90).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+4. Berardi uzoq masofadan o'z omadini sinab ko'rdi.

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

88. Belotti hujumda qoida buzdi.

85. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLL!!! Pinamonti chap qanotdan uzatilgan to'pni to'xtatmasdan darvozaga joylab qo'ydi!

80. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!! Abraham Manchinining qanotdan uzatgan to'pini bosh bilan darvozaga joylab qo'ydi!


78. Belotti Zanioloni almashtirdi.

76. Putrisiu! UUUUU! Traoreda SHomurodovda bo'lgani kabi vaziyat yuzaga kelgandi, yakun ham shunga o'xshash bo'ldi.

74. Bove qanotdan uzatilgan to'pga bosh bilan zarba yo'lladi, noaniq.

70. Mezbonlarning qanotdan boshlagan hujumi narigi qanotda yakunlandi.

68. Volpatoga nisbatan qo'pollik ishlatildi.

65. "Roma"da ikki o'zgarish: Abraham, El-SHaaravi va Karsdorp maydonga tushirildi, CHelik, Zalevski va SHomurodov zaxiraga olindi.

62. Zanioloni ochiqchasiga ag'anatishdi. Jarima zarbasi.

58. "Roma" futbolchilari birinchi marta bir-biri bilan yuzlashayotgan kabi pas o'ynadi, natijada oddiy vaziyatda to'p yo'qotildi.

54. Zanioloni raqibi yonidan qo'yib yuborgisi kelmadi, hakam ularning yo'lini ajratdi va mezbonlar futbolchisini jazoladi.

51. "Roma" futbolchisining zarbasi kuchsiz chiqdi, raqib posboni to'pni egallab oldi.

46. Eldor SHomurodovga Zaniolo aniq to'p uzata olmadi, natijada to'p Konsiglining quchog'idan o'rin egalladi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45. Birinchi bo'limga hakam vaqt qo'shib bermadi. Tanaffus. Umid qilamizki, 14-raqam egasi ikkinchi bo'limni ham to'laqonli maydonda o'tkazadi.

44. Zalevskiyning zarbasiga omad ham, darvozaning bo'yi ham kaltalik qildi.

41. SHomurodovning gol urishi uchun bo'm-bo'sh darvoza ham qiyinchilik tug'dirmoqda.


40. Mezbonlarning tezkor qarshi hujumini Kristante bartaraf etdi. Burchak uzatmasidan so'ng Frattezi rimliklarni ko'zyosh to'kishga majbur qilishiga bir bahya qoldi.

36. SHomurodovdan navbatdagi zarba raqib posboni uchun qiyinchilik tug'dirmadi.

35. Patrisiu Lorientening zarbasidan so'ng xiyobonlarda qad rostlab turadigan timsollar kabi qotib qoldi, uning baxtiga zarba to'rlarni savalamadi. 

34. "Sassuolo" futbolchisi qanday gol urishni o'rgatib qo'yishi mumkin edi.

32. SHomurodov darvozabon bilan birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi!

30. G'olib bo'lsin "Roma", gollar ursin SHoma deganlaridek, rimliklarda standart vaziyat yuzaga keldi.

26. Hakam Zaniologa o'zi kiyib olgan libos rangidagi "vizitka"sini tuhfa etdi.

25. SHomurodov havodagi kurashda raqibiga Bahodir Jalolovning usulini qo'llab yubordi.

23. Volpatoning zarbasiga bor-yo'g'i 5 metr aniqlik etishmadi.

20. Zalevski qanotda qanday harakat qilishni o'ylab turganda, to'p "Bo'g'irsoq" ertagi qahramonining harakatlarini amalga oshirdi.

17. Patrisiu Frattezining zarbasidan so'ng bekorga yaxshi maosh olmayotganini isbotladi.

15. Ikkala jamoa futbolchilari to'p uchun kurashda bir-birlarining liboslari sifatini tekshirib ko'rishdi.

13. SHomurodov oldinga katta tezlikda ketayotgandi, biroq shunday qarasa, maydon tugab qolibdi.

9. ZARBA! Frattezi SHomurodovga uzatilgan to'pni o'z darvozasiga to'g'rilab qo'ymoqchi bo'ldi, ammo baribir uning himoyachi ekanligi bilindi.

4. SHomurodov sherigining uzatmasiga etishi uchun "Madagaskar" multfilmidagi Melman obrazidagi kabi bo'y-bastga ega bo'lishi lozim edi.

3. Dastlabki zarbani mezbonlar yo'lladi, ammo "Roma" himoyachisi qadimiy qahramon Axellasning jarohatlangan tana azosi bilan to'pni qaytardi.

1. Uchrashuvni rimliklar boshlab berdi.


Eldor, Eldor, sen hujumga bor deb qolamiz.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Mezbonlar yashil, rimliklar yashil rangli libosda harakat qilishadi.

Mana bu futbolchi uchun hozirgi o'yinni tomosha qilsak arziydi.

Assalomu alaykum, endigina uxlayman deya, telefonini o'chirmoqchi bo'lganida SHomurodovning asosiy tarkibdaligini ko'rib, fikridan voz kechgan futbol ishqibozlari! Bugun tundagi shodiyona kayfiyatimiz oxirigacha davom etishidan umidvormiz.

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика