So’nggi yangiliklar

08:58"Арсенал"нинг яна бир етакчиси терма жамоада жароҳат олди  0 08:20Sofascore. Кечаги учрашувда Ўзбекистон терма жамоаси аъзолари неча баҳо олди?  4 07:47Ёшларимиз бугун Аргентинага қарши баҳс олиб боради  1 07:16ЖЧ-2026 саралаш. Бразилия қийин ғалабага эришди, Аргентина эса...  0 01:59Миллатлар лигаси. Англия она диёрида мағлуб қилинди ва бошқа натижалар  6 01:28Алиризо Жаҳонбахш: "Жамоалар ва индивидуал маҳорат ўртасида катта фарқ бор"  29 01:16ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони ўз майдонида Японияга мағлуб бўлди  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Мухлис билан урушмадим, аксинча, бизни қўллаб-қувватланглар дедим"  24 00:38Пенальти тўғри бекор қилиндими? Ўзбекистон - Эрон учрашуви ҳакамлик фаолияти таҳлили  16 00:08Амир Ғаленои: "Бир киши кам бўлиб ҳам иккита пенальти ишладик, ҳакамлар ВАР орқали ҳам хатолар қилишмоқда"  19 23:42Владо Радманович: "Бир очко ҳам яхши натижа, фалокат ясаш керак эмас"  80 23:17ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия 90+9-дақиқада гол ўтказиб юбориб, учинчи ўйинда ҳам дуранг ўйнади  11 23:07ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйин якунланди  32 22:54Миллатлар лигаси. Италия, Франция, Англия ва бошқа термаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:14ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони - Япония. Асосий таркиблар маълум!  28

A Seriya. "Roma" penaltidan urilgan gol evaziga "Kalyari"ni engdi, SHomurodov zaxiradan maydonga tushdi Yangiliklar

A Seriya. "Roma" penaltidan urilgan gol evaziga "Kalyari"ni engdi, SHomurodov zaxiradan maydonga tushdi

Italiya chempionati 22-turi doirasida "Roma" - "Kalyari" bahsi yakunlandi.


Roma

Sergio Oliveira - 33'

Serie A . 22-tur

16/01/2022, 21:00

0
:
1
Tugadi

Cagliari

Stadion: Stadio Olimpico, Rome, 5000 tomoshabin

Bosh hakam: Lorenzo Maggioni

45'
90'
23'  Sergio Oliveira
33'  Sergio Oliveira
39'  Gianluca Mancini
58'  Felix Afena-Gyan
75'  Felix Afena-Gyan (Eldor Shomurodov)
85'  Nicolo Zaniolo (Rick Karsdorp)
90'  Jordan Veretout (Edoardo Bove)
90'  Ainsley Maitland-Niles (Dimitrios Keramitsis)
5'  Andrea Carboni
25'  Leonardo Pavoletti
27'  Andrea Carboni
32'  Dalbert
69'  Gaston Pereiro (Nahitan Nandez)
70'  Giorgio Altare
80'  Dalbert (Charalambos Lykogiannis)
88'  Giorgio Altare (Luca Gagliano)


Roma – Kalyari 1:0 (1:0, 0:0)

Gol: 1:0 – 33, penalti Serjiu Oliveyra.

Roma – Ruy Patrisiu, Manchini, Kumbula, Vinya, Mxitaryan, Serjiu Oliveyra, Veretu (Bove, 90), Dzanolo (Karsdorp, 86), Meytlend-Naylz (Keramicis, 90), Abraxam, Afena-Gyan (SHomurodov, 75).

Kalyari – Krano, Dzappa, Goldaniga, Altare (Galyano, 88), Karboni, Dalbert (Likoyannis, 80), Pereyro (Nandes, 69), Deyola, Marin, Joao Pedro, Pavoletti.

Ogohlantirishlar: Serjiu Oliveyra (23), Pavoletti (25), Karboni (27), Dalbert (32), Manchini (39), Afena-Gyan (58), Altare (70).

YANGILASH


Bo'ldi, hakam final hushtagini chaldi va "Roma" muhim uch ochkoni ishlab oldi.

90+4-daqiqa. O'zgarishlar! Meytlend-Naylz va Jordan Veretu o'rniga Dimitrios hamda Edoardo Bove maydonga tushdi. 

90+2-daqiqa. SHomurodov burchak zarbasi ishladi. Mezbonlar to'pni o'yinga kiritib, Temmi Abraxam yordamida vaqtdan yutishga urinib ko'rishdi.  

90+2-daqiqa. Rimliklar to'pni maydon markaziga yaqin hududda nazorat qilmoqda.  

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.  

90-daqiqa. SHomurodov to'p uchun kurashmoqda va himoyachilarga noqulaylik tug'dirishga urinib ko'rdi.

88-daqiqa. Serjiu Oliveyra yordamga muhtoj bo'lib, maydonda yotibdi.  

86-daqiqa. O'zgarish! Nikolo Zanolo o'rnini Rik Karsdorpga bo'shatib berdi. 

Uxxx! "Kalyari" vakili Joau Pedru kutilmaganda zarba yo'lladi va to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi. Sal qolsa, butun o'yin himoyalangan jamoa hisobni tenglashtirib qo'yishi mumkin edi.  

84-daqiqa. Serjiu Oliveyra to'pni o'zi olib qo'ydi va zarba berdi, darvozabon o'z o'rnida. 

83-daqiqa. "Kalyari" futbolchisi qanchalik urinmasin, to'pni maydonda olib qola bilmadi va ortga qaytishga majbur. 

80-daqiqa. O'zgarish! Mehmonlar murabbiyi o'yinchi alishtirishga qaror qildi. Dalbert o'rniga Xaralambos Likoyannis o'yinga qo'shildi. 

78-daqiqa. "Roma" qarshi hujumga qochib ketdi va Mxitaryandan to'pni qabul qilgan Eldor zarba berdi, uning urinishi aniq, lekin biroz kuchsiz chiqdi.

75-daqiqa. O'zgarish! Afen-Gyan o'rniga ELDOR SHOMURODOV maydonga tushdi.   

73-daqiqa. Mezbonlar vakiliga yordam ko'rsatish zarur.

69-daqiqa. O'zgarish! Pereyra o'rniga Naitan Nandes o'yinga qo'shildi.  

66-daqiqa. Manchini xavfni bartaraf etib, to'pni maydon tashqarisiga yo'lladi.  

65-daqiqa. Qarshi hujum boshlayotgan Zanoloni fol yordamida yiqitishdi.  

64-daqiqa. "Kalyari"ning xavfli hujumi Dalbertning uzatmasidan keyin to'pni raqib futbolchisi egallab olishi bilan yakunlandi.  

61-daqiqa. "Roma" ketma-ket hujumlar orqali raqib himoyasiga bosim uyushtirishga urinmoqda. Biroq hozircha ish oxirgi zarbagacha etib bormayapti. 

58-daqiqa. Ogohlantirish! Raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borgan Afena-Gyan gol urishning o'rniga, sariq kartochka ishlab oldi. Futbolchi zarba berishga ulgurmadi va yo'l-yo'lakay kiperni engil tepib o'tib ketdi.   

56-daqiqa. Genrix Mxitaryan jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berib ko'rdi, ammo to'p darvozadan ancha yuqorilab o'tib ketdi. 

53-daqiqa. Zanolo uzatgan to'pni qabul qilib, Afena-Gyan zarba berishga intilish davomida raqib futbolchisiga nisbatan qo'pol harakat qildi deb topildi. 

51-daqiqa. "Roma"ning hujumi oxiriga etmadi, ehtimoliy qarshi hujumni esa ortga qaytgan Afena uzib qo'ydi va to'pni jamoasiga olib berdi.  

49-daqiqa. Afena-Gyan tezligi evaziga qanotdan qochib ketdi, lekin sheriklariga oshirmay, o'zi darvozaga yo'llagan zarbasiga kuch etishmadi.   

Marash Kumubula raqibi yo'lini qo'li bilan to'sib, qoidani buzdi.  

48-daqiqa. Tanaffusdan so'ng aynan mehmonlar ancha faol harakat qilishmoqda.  

"Kalyari"ning ikkinchi bo'limdagi birinchi hujumi yakuniga etmay, uzilib qoldi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Bo'ldi, hakam jamoalarni tanaffusga taklif qildi. Birinchi bo'limda faolroq bo'lgan va omadini ko'proq hujumdan izlagan rimliklar hozircha hisobda oldinda borishmoqda.   

45+3-daqiqa. Joau Pedru boshi bilan zarba berdi, lekin uning urinishiga aniqlik etishmadi.   

45+2-daqiqa. "Roma" markazda to'pni nazorat qilmoqda. 

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi! 

43-daqiqa. "Roma"dan yana bir tezkor qarshi hujum, biroq Zanolo oxirgi pallada zarbani cho'zib yubordi va himoyalanayotganlar to'pni undan olib qo'yishdi.  

42-daqiqa. Afena-Gyan o'yindan tashqari holatda qolib ketgani qayd etilmoqda. 

39-daqiqa. Ogohlantirish! Mezbonlar sardori Janluka Manchini Joao Pedruga nisbatan o'ta agressiv harakat qildi va uni reklama bortiga "uchirib yubordi".

33-daqiqa. GOOOOOOL! Zarbani Serjiu Oliveyraning o'zi amalga oshirdi va gol. Futbolchi ishonchli tarzda imkoniyatidan foydalandi.   

31-daqiqa. "Roma" tezkor qarshi hujum uyushtirdi va Oliveyra zarbasidan keyin to'p himoyachining qo'liga tekkandi. "VAR"dan keyin hakam nuqtani ko'rsatdi. Bu safar penalti va u bekor qilinmaydi.

29-daqiqa. Meytlend-Naylz xavfli harakat qilgan bo'lsada, to'pga etib borgani uchun hushtak chalinmadi. 

27-daqiqa. Ogohlantirish! Andrea Karboni kartochkalar bo'yicha jamoasini oldinga olib chiqdi.  

25-daqiqa. Ogohlantirish! Pavoletti havodagi kurashda qoidani buzdi va sariq kartochka ishlab oldi.  

25-daqiqa. "Kalyari" futbolchilari oldinga o'tishda bir-birlarini tushinmay qolishdi.  

23-daqiqa. Ogohlantirish! Oliveyra nohaq. Raqib to'pga undan tezroq etib keldi. 

21-daqiqa. Mezbonlarning navbatdagi hujumi samarasiz yakunlandi. 

18-daqiqa. Zappa to'pni tepaman deb Afena-Gyanning oyog'iga zarba berib yubordi.  

17-daqiqa. Serjiu Oliveyra himoyaga qaytib, to'pni olib qo'yishda faollik ko'rsatdi. 

15-daqiqa. Vinya jamoasi uchun burchak zarbasi ishlab bermoychi edi, o'xshamadi.

13-daqiqa. Aynan Meytlend-Naylzning qanotdan uzatmasidan keyin Temmi Abraxam boshi bilan zarba bera oldi hamda posbon katta qiyinchilik bilan jamoasini goldan qutqarib qoldi.

11-daqiqa. Meytlend-Naylz qoidani buzgan deb topdi hakam. 

10-daqiqa. Serjiu Oliveyraning Italayadagi birinchi foli qayd etildi.  

9-daqiqa. Ilk daqiqalarda "Roma" aynan chap qanotdagi Gyanning tezligidan umid qilayotganini ko'rish mumkin, ammo raqib futbolchilari unga yo'llanayotgan to'plarni osonlik bilan olib qo'yishmoqda.  

7-daqiqa. Afena-Gyan to'pga eta olmagach, raqibiga nisbatan qoidani buzdi.  

6-daqiqa. "Kalyari"ning hujumi omadsiz chiqdi, ammo "Roma"ning qarshi hujumi esa sal qolsa, gol bilan yakunlanardi.  

4-daqiqa. Penalti?! Zanolo jarima maydonchasiga kirib bordi va uni yiqitishdi. Ammo himoyachi to'pga ham tekkani takroriy lavhada ko'rindi, "VAR"dan keyin o'yinni boshqarayotgan mutaxassis qarorini o'zgartirdi.   

3-daqiqa. "Roma" chap qanotdan Afena-Gyanning faolligi evaziga hujum uyushtirdi, lekin ish ish zarbagacha etib bormadi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni mehmonlar boshlab berdi. 

Jamoalar maydonga tushib kelishmoqda. 


O'zbekiston terma jamoasi sardori Eldor SHomurodov bahsni zaxiradan boshlaydi.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика