So’nggi yangiliklar

23:26Отабек Шукуров: "Журналистлар Эронга қарши дурангни мағлубиятдек қабул қилмоқда. Илтимос, бизни қўллаб-қувватланглар ва ҳар бир очкони қадрлайлик"  0 23:05ЖЧ-2026 саралаши. Эрон Қатарни йирик ҳисобда мағлуб этиб, гуруҳда биринчи ўринга кўтарилиб олди  75 22:45Ла Лига президенти ФИФАдан Клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатини бекор қилишни талаб қилди  2 21:56Бобир Абдихолиқов: "Халқимизни ғалаба билан табриклайман. Муҳим уч очкони қўлга киритдик"  22 21:38ЖЧ-2026 саралаши. Қирғиз Республикаси КХДРни мағлубиятга учратди  12 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА 1:0  20 21:14"Ҳар бир олинган очко бизни Жаҳон чемпионатига яқинлаштирмоқда" – Отабек Шукуров  42 20:40ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон Тошкентдаги ажойиб оқшомда БААдан устун келди  583 20:15Погба: "Ҳеч қачон "ҳеч қачон" дейиш керак эмас"  4 19:48Бонуччи фаолиятидаги энг мураккаб рақибни айтди — у Месси ёки Роналду эмас  1 18:43"Манчестер Юнайтед" 6 миллионга сотган футболчисини 20 миллионга қайтариб олмоқчи  1 18:02Ўзбекистон - БАА: Терма жамоамиз "Бунёдкор" стадионига етиб келди  6 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Иккита автогол урилган ўйинда Япония ва Австралия очколарни бўлиб олишди  19 17:32ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА: "Бундёкор" стадиони ўйинга тайёр  11 16:59Ўзбекистон - БАА. 18-учрашув арафасида. Аввалги баҳсларда қандай натижа қайд этилган?  9

A Seriya. "Roma" o'z maydonida "Empoli"ni mag'lub etdi, SHomurodov maydonga tushmadi Yangiliklar

A Seriya. "Roma" o'z maydonida "Empoli"ni mag'lub etdi, SHomurodov maydonga tushmadi

Italiya chempionati 7-turidan o'rin olgan bahsninig matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Roma – Empoli 2:0

Gol: Pellegrini (42, 1:0), Mxitaryan (48, 2:0).

Roma – Patrisiu, Karsdorp, Manchini, Smolling (Ibanes, 90), Vinya (Kalafiori, 83), Darbo, Veretu, Zanolo (El-SHaaravi, 85), Pellegrini, Mxitaryan (Zalevski, 90), Abraxam 

Zaxira: Fuzato, Kumbula, Kristante, Vilyar, Peres, Diavara, SHomurodov, Mayoral.

Empoli – Vikario, Stoyanovich, Romanoli, Viti, Markicca, Xenderson, Bandinelli (Xaas, 46), Jurkovski, Richchi, Di Franchesko, Pinamonti (Mankuso, 30).

Zaxira: Uykani, Fiamonci, Tonelli, Luperto, Parisi, Stulach, Bayrami, Aslani, Kutrone, Mantia

Ogohlantirish: Richchi (46), Manchini (57), Stoyanovich (90+2).

Roma

Lorenzo Pellegrini - 42', Henrikh Mkhitaryan - 48'

Serie A . 7-tur

03/10/2021, 21:00

0
:
2
Tugadi

Empoli

Stadion: Stadio Olimpico, Rome, 31946 tomoshabin

Bosh hakam: Giovanni Ayroldi

45'
90'
42'  Lorenzo Pellegrini
42'  Henrikh Mkhitaryan
48'  Henrikh Mkhitaryan
57'  Gianluca Mancini
64'  Ebrima Darboe (Bryan Cristante)
84'  Matias Vina (Riccardo Calafiori)
84'  Nicolo Zaniolo (Stephan El Shaarawy)
85'  Nicolo Zaniolo
90'  Chris Smalling (Roger Ibanez)
90'  Henrikh Mkhitaryan (Nicola Zalewski)
29'  Andrea Pinamonti (Leonardo Mancuso)
46'  Szymon Zurkowski (Nedim Bajrami)
46'  Filippo Bandinelli (Nicolas Haas)
46'  Samuele Ricci
56'  Nicolas Haas
70'  Federico Di Francesco (Patrick Cutrone)
70'  Liam Henderson (Leo Stulac)
90'  Petar Stojanovic

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Roma" navbatdagi uch ochkosini qo'lga kiritdi.

90+2. Uchrashuv yakuni arafasida "Roma" xavfli nuqtadan jarima zarbasiga ega bo'lmoqda.

O'yinga 3 daqiqa qo'shib berildi.

88. Kalafori chap qanotdan to'pni markaz tomon Abraxamga oshirmoqchi bo'ldi. Darvozabon to'pni ushlab oldi.

85. "Roma"da bir necha o'zgarishlar bo'ldi. Ammo SHomurodov maydonga tushmadi.

83. Kutrone o'ng qanotdan to'pni "Roma" darvozasi yoniga oshirdi. Kris Smolling boshi bilan zarba berib, to'pni havoga ko'tarib yubordi. Patrisiu to'pni ushlab oldi.

81. Uzoq vaqt mobaynida "Empoli" ilk marta hujumga o'tishi mumkin edi. Kutrone to'pni qo'li bilan o'ynab yubordi.

77. Burchakdan uzatilgan to'pga Manchini boshi bilan darvoza tomon zarba yo'lladi. Noaniq.

76. Abraxamning pasidan keyin Pellegrini darvozaga zarba bera olmadi. "Olimpiko" esa kuylamoqda.

72. UXXXXXXX!! Abraxamning zarbasi himoyachiga tegib, darvozaning yonidan o'tib ketdi.

70. Pellegrinining zarbasini himoyachi o'ziga qabul qildi.

68. UXXXXXX!! Mankuso ajoyib nuqtadan yaxshi zarba yo'llay olmadi.

65. O'yin ancha zerikarli tus olmoqda. Vaziyatlar kamayib ketdi.

62. ZARBAAAAAAAAAA!! Zanoloning ajoyib pasidan keyin Pellegrini boshi bilan kuchli va noaniq zarba yo'lladi.

57. Mehmonlar tezkor qarshi hujumga o'tib ketayotgandi. Raqibini atayin tortib yiqitgan Manchini ogohlantirildi.

54. "Empoli" yaxshi vaziyatga ega chiqdi. Jarimadan uzatilgan to'pni Zanolo oldinga tepib yubordi.

52. Xavfli zarba bo'ldi. Abraxamning kuchli zarbasini Vikario burchakka chiqarib yubordi.

48. GOOOOOOOOOOOLLLLLL!!! Abraxam raqibdan to'pni olib qo'ydi va zarba berdi. To'p darvoza to'siniga tegib, maydonga qaytdi. Mxitaryan esa osonlik bilan darvozani ishg'ol qildi!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus!

44. "Empoli" bosimni oshirgan. Qanotdan uzatilgan to'pni Karsdorp ko'kragi bilan darvozabonga oshirib berdi.

42. GOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!!! Nihoyat, Pellegrini hisobni ochdi!!!

41. "Roma" juda xavfli nuqtadan jarima zarbasiga ega bo'ldi. Mxitaryanning zarbasi noaniq ketdi.

38. Zaxiradan maydonga tushgan Mankusoning zarbasini Patrisiu ushlab oldi.

34. "Roma" yana hujumda. Mxitaryanning qanotdan oshirgan to'pini Zanolo darvozaga yo'llamadi va hujum to'xtadi.

30. Mxitaryan qanotdan uzatilgan to'pni o'tkir burchakda darvozaga kiritishga harakat qildi. To'p to'rning tashqi tomoniga tegdi.

27. ZARBAAAAAAAA!! O'ng qanotdan uzatilgan to'pni "Roma"ning baland bo'yli himoyachilari Pinamontiga kurashni boy berdi. Zarba noaniq.

24. EXXXXXX!! Zanolo ajoyib imkoniyatga chiqib borayotgandi. Ammo himoyachi to'pni darvozabonga olib berdi.

20. Di Franchesko uzoq masofadan "Roma" darvozasi tomon zarba berdi. Patrisiu to'pni ushlab oldi.

16. UXXXXX!! Darboning xatosidan keyin Pinamonti to'pni egallab olib, darvoza tomon tepdi. Mxitaryan to'pni burchakka chiqarib yubordi. Burchakdan uzatilgan to'pga berilgan esa noaniq ketdi.

14. Zanoloning yana bir bor to'p uzatishini Abraxam darvoza tomon yo'llay olmadi. To'p himoyachiga tegib, darvozabonning qo'llariga borib tushdi.

11. Xavfli zarba bo'ldi. CHap qanotdan uzatilgan to'pni Pinamonti darvoza tomon tepdi. To'p to'rning tashqi tomonidan borib tegdi.

9. Sal qoldi. Zanoloning pasidan keyin Markicca to'pni o'z darvozasiga kiritib yuborishi mumkin bo'lgandi.

7. ZARBAAAAAAA!! Zanoloning to'p uzatishidan keyin Mxitaryan kuchli zarba yo'lladi. To'p himoyachilarga tegib, burchakka yo'l oldi.

6. UXXXXXX!! Xavfli zarba. Qanotdan uzatilgan to'pni Pinamonti boshi bilan darvoza tomon yo'lladi. Noaniq.

5. "Roma" yana hujumda. Pellegrinining uzatmasi anchagina yuqoridan o'tib ketdi.

3. "Roma" hujumga o'tdi. Ammo Kristante offsaydda qolib ketdi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Demak, jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- Hurmatli futbol ishqibozlari! Etiboringizni haybatli "Olimpiko"ga qaratamiz. Ushbu stadionda "Roma" "Empoli"ni qabul qiladi.

Reyting: -13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика