So’nggi yangiliklar

14:54"Ливерпуль" футболчисининг голи Жек Грилишга 500 фунтга тушди  0 14:20Погба Франция чемпионатига қайтишга яқин  1 13:58Гвардиола: "Йўқ, бу хабар ёлғон"  0 13:20Расмий хабар: БААга қарши ўйиндан олдин Ўзбекистонда яна бир йўқотиш   14 13:08Владо Радманович: "Катанец ноябрь ойида терма жамоани ўзи бошқаради" (ўйинолди матбуот анжумани тўлиқ)  19 13:00ЖЧ-2026 саралаши. БАА сафардаги ўйинларнинг ҳаммасида ғалаба қозонмоқда  10 12:33Ўзбекистон МТЖ қачон охирги марта ўз майдонида кўк рангли формада ўйнаган?  7 12:09БАА бош мураббийи Паулу Бенту: "Ўзбекистон терма жамоаси мундиалга тўғридан-тўғри чиқишга даъвогар"  15 11:52БАА терма жамоаси Ўзбекистонга қандай таркиб билан келди? Рўйхатда Англияда ўйнайдиган икки футболчи бор  18 11:33Корея Республикаси - Ироқ учрашувида 6 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  6 11:25Месси билан ҳазиллашган Ўринбоев  6 11:05Ўзбекистон БААга қарши кўк либосда ўйнайди  13 10:54"Арсенал" афсонаси Гвардиоладан сўнг "Манчестер Сити"ни бошқариши мумкин  0 10:23"Манчестер Юнайтед"ни бошқариш учун яна бир номзод пайдо бўлди  3 10:08Жаъфар Ирисметов: "Ҳозир терма жамоанинг ўйинини яхши ёки ёмон дейдиган пайт эмас"  7

Vlado Radmanovich: "Katanec noyabr oyida terma jamoani o'zi boshqaradi" (o'yinoldi matbuot anjumani to'liq) Yangiliklar

Vlado Radmanovich: "Katanec noyabr oyida terma jamoani o'zi boshqaradi" (o'yinoldi matbuot anjumani to'liq)

O'zbekiston - BAA uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida Vlado Radmanovich va futbolchi Odiljon Hamrobekov ishtirok etdi.

"Birinchi navbatda terma jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanecning sog'lig'i kundan-kunga yaxshilanib borayotgani haqida aytib o'tmoqchiman. Noyabr oyidagi o'yinlarda bosh murabbiyimiz terma jamoa bilan birga bo'ladi. BAAni o'z uyimizda hech qachon mag'lub eta olmaganmiz. Har bir uchrashuv biz uchun birdek ahamiyatga ega. Ertangi maqsadimiz g'alaba qozonish", - dedi Vlado Radmanovich.



"Biz ertaga kuchli jamoaga qarshi maydonga tushamiz. Stadionga tashrif buyuradigan ko'pgina muxlislarning maqsadini amalga oshirishi uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz", - dedi Odiljon Hamrobekov.



- Srechko Katanec o'z davrida BAA terma jamoasida ishlagan. Janob Katanec BAA futboli haqida etarlicha malmuotga ega. Ushbu jihat bizga yordam berishi mumkinmi?
- Srechko Katanec BAA terma jamoasini boshqargan davrida O'zbekiston terma jamoasini mag'lubiyatga uchratgan. Bu bizga foyda keltirishi aniq. BAA futboli haqida etarlicha malumotga egamiz deb o'ylayman. To'g'ri, Katanec BAA terma jamoasini boshqarganiga ancha vaqt bo'ldi, ammo ushbu mamlakat futbolining holatidan xabardormiz.

- Eronga qarshi uchrashuvda murabbiylar shtabi o'yin davomida reakciya bildirishga biroz kechikishdi. Ushbu kamchiliklar bosh murabbiyning yo'qligi sabab kuzatilyaptimi?
- Bunday holat bo'lishi tabiiy. Bosh murabbiy maydon chetida bo'lmayotgani o'z so'zini aytmoqda. Fikringizga qo'shilaman, biz qaror qabul qilishda biroz kechikdik, biroq ayrim bir holatlarda o'zgartirishlar jamoa zarariga ishlashi mumkin. Qaysi futbolchi qanday holatda ekanligini bosh murabbiydek bilmasligimiz mumkin.

- BAA terma jamoasini qanchalik o'rganib chiqdingizlar. BAA O'zbekistonga qanchalik jiddiy qarshilik ko'rsata olishi mumkin?

- BAA terma jamoasini uch marotaba tahlil qilib chiqdik. Raqibimizning himoya chizig'i ancha kuchli, ular zich himoyalanishni yaxshi ko'radilar. Raqibimizning so'nggi uchta o'yinini ko'rib chiqdik. Biz ertaga raqibga ko'proq bosim o'tkazishni maqsad qilganmiz, ammo terma jamoamizning hujum chizig'idagi muhim futbolchisi Abbosbek Fayzullaev kechagi mashg'ulotlarda jarohat oldi. Urunovning ham jarohati bor. Ushbu yo'qotishlar bizga muammo tug'dirishi mumkin.




- O'tgan uchrashuvda biz ko'p vaziyatlarga ega bo'ldik, ammo gol ura olmadik. Gol urishda bizga nima etishmayapti deb o'ylaysiz?
Odil Hamrobekov: Har bir futbolchi maydonga jamoamga foyda olib kelaman va gol uraman deb maydonga tushadi. Har bir vaziyatdan unumli foydalanishning iloji yo'q. Futbol shunisi bilan qiziq. Ertangi uchrashuvda muxlislarni xursand qilish uchun barchasiga tayyormiz.

- Srechko Katanec boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi o'zidan kuchliroq bo'lgan jamoalarga qarshi yaxshi natija qayd etmoqda. Masalan, Eronga qarshi o'yinlar. Darajasi bizdan pastroq jamoalarni ham mag'lub etyapmiz, masalan Turkmaniston, ammo biz bilan teng kuchli jamoalarga qarshi yaxshi natija qayd etmayapmiz. Masalan, biz bilan darajasi deyarli bir xil bo'lgan Qatarga mag'lub bo'ldik, ertangi raqibimizning potenciali ham biz bilan teng. Teng kuchli jamoalarga qarshi kerakli natijaga erisha olmayotganimizning sababi nimada? Tavakkalsiz o'ynash uslubimizning kamchiligi shudir balki?

- Fikringizga qo'shilaman. Eron terma jamoasi mintaqadagi eng kuchli jamoalardan biri hisoblanadi. Eronga qarshi so'nggi uchta uchrashvda mag'lub bo'lmadik. O'tgan yilgi uchrashuvda Eron darvozasiga ikkita gol urdik ham. Bu esa so'nggi uch yilda o'sishga erishganimizni anglatadi. Biz rivojlanishda davom etishimiz kerak.





- O'runov, Fayzullaev va Ashurmatovlarni yo'qotdik. Ushbu yo'qotishlar tufayli taktikamiz o'zgarishi mumkinmi? Masalan, 3-4-3dan 4-2-3-1 uslubiga. Ertaga maydonda Azizbek Turg'unboevni ko'rishimiz mumkinmi?
- Men hech qachon taktika haqida omma oldida gapirmayman. Sababi taktika haqida ertalabgacha bahslashib o'tirishimiz mumkin. O'yin uslubimiz o'zgarmaydi, jarohatlanganlarning o'rnini bosa oladigan futbolchilarimiz bor. Qanotdagi yo'qotishlarning o'rnini bosa olamiz. Masalan, siz aytib o'tgan Turg'unboev. Markaziy hujumchisiz jarohat olib qolganida, bu katta yo'qotish bo'lar edi. Zaxiramizda asosiy hujumchining o'rnini munosib bosa oladigan futbolchi yo'q. Biz ancha vaqtdan beri shu uslub ostida o'ynab kelmoqdamiz. O'zgartirish qilishning hojati yo'q, lekin o'yin davomida taktikani o'zgartirish yoki tavakkalga qo'l urishga majbur bo'lsak, biz buni qilishimiz aniq.




- So'nggi 15 daqiqada Eron terma jamoasi ko'proq to'pga egalik qildi va shu damda terma jamoamiz futbolchilari o'rtasida tushunmovchiliklar kuzatilgandek. Sababi biz ko'proq hujum qilishimiz kerak edi, ammo Eron ko'proq to'pga egalik qildi va vaziyatlar yaratdi. Maydondagi futbolchilar o'yin vaqtida o'z qarorlarini qabul qila oladimi?
Odil Hamrobekov: Maydondagi futbolchilar o'zaro suhbatlashib yoki kelishib olib, taktikani o'zgartirsa, bu murabbiylarga nisbatan hurmatsizlik bo'ladi. Murabbiylar shtabi haftalar davomida raqibni o'rganib chiqishadi. Eronga qarshi uchrashuvdagi so'nggi 15 daqiqada Srechko Katanecning yo'qligi yaqqol sezildi.

- Zaxiramizda yaxshi hujumchi yo'qligi haqida gapirib o'tdingiz, ammo Eronga qarshi uchrashuvda Bobir Abdiholiqov deyarli maydonga tushirildi, ammo eng so'nggi pallada o'zgarishni bekor qildingiz. Bunga sabab nima bo'ldi? Siz hozirgina tavakkal qilishdan qo'rqmaymiz dedingiz. Masalan, Eronga qarshi o'tgan yilgi uchrashuvda Sergeevga imkoniyat berilgandi va u hisobni tenglashtirgandi. Yana bir bor bunday tavakkal yurish qilishimizga nima etishmayapti? Hozirgi vaqtda bunday tavakkalchilikka qo'l urilmayotganining asosiy sababi zaxiradagi futbolchilarimizdan qoniqish hosil qilinmayotganidanmi?

- Fikringizga qo'shilaman. O'yin davomida har xil vaziyat bo'lishi mumkin. Agar tavakkal qilish kerak bo'lsa, biz bunga tayyormiz. Biz albatta tavakkal qilamiz.



Reyting: +6   

Fikrlar

+2   
14 okt 13:51:34
Fc Milan20
BAA ni o'z uyimizda mag'lub eta olmaganmiz deydi, o'yindan oldin nima kerak shunaqangi axmoqona statistikalar. Bu futbolchilarga qo'shimcha bosim yuklaydi
+2   
14 okt 13:16:07
Xamidulloh Sattorov
Эртага ин шаа Аллох тарих янгиланади ва биз БАА ни енгамиз!!!
+2   
14 okt 13:15:12
Salom_Madrid
O‘runovku mayli biroq Fayzullayevni o‘rni bilinishi mumkin. Erkinov va Turg‘unboyevni kutib qolamiz.
+1   
14 okt 14:13:50
Rasul M
MES SI foydalanuvchining fikriga javob berish
Эртага ТАВАКАЛ килараркан,агар шулар Катанецни шогирдлари булса асосийдаги футболчиларини позициясини узгартириб уйнатса уйнатадики но улсаям ТАВАКАЛ килмайди булар,захирадагиларга ишонишмайди булар, лекин савол тугилади захирадагиларга ишонишмаса нима учун захирада утирганларни терма жамоага чакиради? Футболчиларни сонини тулдириб туриш учунми?
Sangayam bitta savolde Agar osha zaxiradagilarni tushursayu shularni deb maglub bolinsa Sen Maglubiyat men sabab boldi deb boyninga olib chiqasami yoki yana osha Zaxiradan tushganni bu pishibdi bekorga oldingi oynlarda tushurmagan ekan deb aybni boshqalarga yuklaysanmi shunchalae aqilli bolsan Pro lisenziyaga oqiginda murabbiy bolib ol...Yoki aralashma ishiga oldinam sendaqa gnida negativchilarni deb Uzbekiston Jahon championatiga chiqolmagan
+1   
14 okt 13:26:48
Muhsin 1986
Акл ургатадиганлар ракиб уйинини худди урганиб чикгандек акл беришма демак))
+1   
14 okt 13:23:20
Shohruhbek777
ASSALOM HAMMAGA ERTAGA BUNYODKOR STADIONIDA ...ZIGI ZAGANI... QILISHSA DAHSHAT BULARDI
+1   
14 okt 13:21:20
Oybek Haydarov
Кандай килиб файзуллаев жарохат олади блин уйнамай туриб еки тактик зарбами бу ракибларга
+1   
14 okt 13:20:54
Кодиржон Жалилов
Иншоаллох эртага баа "баа" деб мараворади владкомтсан.златкомисан эртага бизга факат факат галаба кониктиради коган гаплар арпа уни олга Узбекистон факат ва факат галаба
+1   
14 okt 13:15:18
Vatandoshingiz
халакит килмасак булди узлари уддалашади
   
14 okt 14:43:02
Шома.УЗ
Шу негадир терма жамоамиз айрим футболчилари узларини клубари учун асраб авайлаетгандай тассурот колдряпди сунги уйинларда.
Бундай холат олдинлариям кузатилган кимки эсласа.
   
14 okt 14:30:13
Сарик
Chichqolar yana sharmanda qilmasa buldi bula bir nima busa katanes yuq edi deb katanesga toʻntaribbqoʻyadi
   
14 okt 14:29:45
Бахтиёр Ашуров
Аваз Худойқулов foydalanuvchining fikriga javob berish
Ёрдамчи мураббийни кайфияти тушкун ҳолатда , ҳали БАА ни ўз уйимизда мағлубиятга учратмаганмиз деяпти, саралашлар доирасида амирликларни сафарда ҳам ютганимиз йўқ ҳали, шу учун эртага фақат ғалаба ҳақида ўйлашимиз керак, охирги ўйиндаги эрон билан бир киши кўп бўлиб кўрсатган ўйинимизни қилсак, БАА яна жазолаб кетиши аниқ, ўзи ҳам ўйинчилар ҳам фақат Катанецни йўқлиги таъсир қилишини таъкидлашяпти, лекин эртага бу бахона бўлмаслиги керак
Сафарда икки марта ютганмиз!
   
14 okt 14:23:17
MES SI
Rasul M foydalanuvchining fikriga javob berish
Sangayam bitta savolde Agar osha zaxiradagilarni tushursayu shularni deb maglub bolinsa Sen Maglubiyat men sabab boldi deb boyninga olib chiqasami yoki yana osha Zaxiradan tushganni bu pishibdi bekorga oldingi oynlarda tushurmagan ekan deb aybni boshqalarga yuklaysanmi shunchalae aqilli bolsan Pro lisenziyaga oqiginda murabbiy bolib ol...Yoki aralashma ishiga oldinam sendaqa gnida negativchilarni deb Uzbekiston Jahon championatiga chiqolmagan
Эй адвакат ебаней,пашол ты нах да, понел да чмо ебаней,хули бута утирволиб адвакатлик киласан, нима хамма санга йокадиган фекирни езиши мажбурийми? бутта хамма уз фекирини езади чумо, сан бошкаларни фекри билан ваще ишинг булмасин, уз фекирнгни езда утиб кетавер кишлоки билат
   
14 okt 14:16:40
Rasul M
Murodjon Muhtorov foydalanuvchining fikriga javob berish
Raqibga qarab taktikani o'zgartiramizmi? Ertaga raqib 3-4-3 taktikamizga tayyorlanadi. Shundan kelib chiqib, 4-2-3-1 ga o'zgartirsak bo'maydimi? Karoche Kopadzeni qo'yish kerak
Gap yoq lekin maslaxatdan keyin Kapadzeni qoyish kerakmis Kapadze prichom betta...Bilmadim Qaysi yillari Jahon championatiga qatnashgan yoshlar 2013nchi yiliyam Jahon championatiga qatnashishgan shunda osha murabbiylarni qoysak bolmaydimi
   
14 okt 14:01:48
Аваз Худойқулов
Ёрдамчи мураббийни кайфияти тушкун ҳолатда , ҳали БАА ни ўз уйимизда мағлубиятга учратмаганмиз деяпти, саралашлар доирасида амирликларни сафарда ҳам ютганимиз йўқ ҳали, шу учун эртага фақат ғалаба ҳақида ўйлашимиз керак, охирги ўйиндаги эрон билан бир киши кўп бўлиб кўрсатган ўйинимизни қилсак, БАА яна жазолаб кетиши аниқ, ўзи ҳам ўйинчилар ҳам фақат Катанецни йўқлиги таъсир қилишини таъкидлашяпти, лекин эртага бу бахона бўлмаслиги керак
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика