So’nggi yangiliklar

22:52Андерсон Талиска: "Саудия чемпионати МЛСдан кучсиз эмас. Месси жамоаси у ерда 6:0га ютқазганди"  0 22:13Флик: "Ямал бу ўйинни унутиши керак"  1 21:48Дитмар Хаманн: "Бавария" Европанинг энг яхши жамоасига ютқазди"  0 21:25Луи Саа: "Мактомини "Барселона" ёки "Реал"га ўтиши керак"  6 20:54Ханс-Дитер Флик ҳимоядаги ўйин ҳақида: "Бу бизнинг услубимиз"  2 20:38"Goal" ЕЧЛ учун асосий фаворитлар рейтингини янгилади  8 20:15Пьянич "бутсаларини михга илди"  3 19:55Томори: "Ибрагимович — мен кўрган энг рақобатбардош футболчи"  0 19:35Эрон чемпионати. "Персеполис" "Шамс Азар"ни мағлуб этиб, етакчиликни қўлга олди, Остон Ўруновдан гол!  7 18:58"Манчестер Сити" "Эльче" ярим ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 18:32"Сўғдиёна"да узоқ йил ўйнаган Митрович жамоадан кетди  6 18:07Эрон АҚШнинг виза чекловлари туфайли ЖЧ-2026 қуръа маросимини бойкот қилди  14 17:40"Замин" — Биринчи лига ғолиби!  3 17:24"Арсенал", "Барселона" ва "Ливерпуль" "Лейпциг" ярим ҳимоячисига даъвогар  1 16:55Пулишич "Милан" – "Лацио" ўйинини ўтказиб юбориши мумкин  3

JCH-2026 saralashi. O'zbekiston Toshkentdagi ajoyib oqshomda BAAdan ustun keldi Yangiliklar

JCH-2026 saralashi. O'zbekiston Toshkentdagi ajoyib oqshomda BAAdan ustun keldi

Bugun, 15 oktyabr kuni JCH-2026 3-saralash bosqichi doirasida O'zbekiston milliy terma jamoasi BAAni qabul qildi.

JCH-2026 saralashi 3-bosqich

O'zbekiston - BAA  1:0 (TUGADI)

Toshkent, "Bunyodkor" stadioni

Hakamlar: Ma Ning,Zou Fei, Zang CHeng, Vang Di (Xitoy)

VAR: Fu Ming, SHen Yixao (Xitoy)

Gol: Otabek SHukurov (penalti) 76, 1:0

O'zbekiston — 1.O'tkir Yusupov, 2.Abduqodir Husanov, 18.Abdulla Abdullaev (17. Bobir Abdixoliqov, 70), 23.Husniddin Aliqulov, 13.SHerzod Nasrullaev, 19.Azizbek Turg'unboev (3. Xojiakbar Alijonov, 60), 7.Otabek SHukurov, 9.Odiljon Hamrobekov, 10.Jaloliddin Masharipov, 22.Abbosbek Fayzullaev, 14.Eldor SHomurodov
Zaxira: Nematov, Ergashev, Sayfiev, Eshmurodov, Hamraliev, Mozgovoy, Iskanderov, Erkinov, Holmatov, Abdixoliqov.

BAA: 17. Xolid Eysa, 2. Abdulla Idris (7. Ali Solih, 83), 8. Taxnun Hamdam ( 21. Issam Faiz, 70), 9. Harib Abdulla, 10. Yahyo Ali, 11.  Kayo Kanedo (23. Bruno Oliveyra, 70), 12. Xalifa Muborak, 13. Muhammad Omar, 14. Abdulla Hamad, 16. Markus Vinisius (18. Jeyms Makkenzi,  83), 19. Xolid Ibrohim

Zaxira: 1. Al Hasif Al Hosani, 3. Zayid Sulton, 4. Xolid Al Xoshmi, 5. Ali Hassan,  20. Fahad Bader, 22. Xolid Tavxid, 

CHetlatish: Abdulla Hamad (BAA) 65

Ogohlantirish: Ali Solih (BAA) 90+4, SHerzod Nasrullaev (O'zbekiston) 90+4


MATNLI TRANSLYACYAIYA

YANGILASH



Uchrashuv yakunlandi. G'a-la-ba! 

90+2. ZARBAAA. Masharipovning zarbasi noaniq ko'rinish oldi. Gol bo'lganidami...

90. Ikkinchi bo'limga 8 daqiqa qo'shildi. 

90. O'ZGARISH. O'zbekiston, Abbos Fayzullaev o'rniga Xojimat Erkinov tushdi. 

79. ZARBAAAA. Husniddin Aliquovning kuchli zarbasini Xolid Eysa qaytardi. 

76. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Otabek SHukurov 11 metrlik nuqtadan adashmadi.

75. PENALTI. Bobir Abdixoliqovning jarima maydonchasidagi faolligidan so'ng to'p raqib futbolchisining qo'liga tegdi. Penaltini Bobir ishladi. 

70. O'ZGARISH. O'zbekiston, Abdulla Abdullaev o'rniga Bobir Abdixoliqov tushdi. Taktik o'zgarish. 

68. ZARBAA. Navbat Alijonovga. Ammo gol yo'q. Gol kerak bizga gol. 

67. ZARBAAA. Jaloliddin Masharipov jarima zarbasidan to'pni to'g'ri darvozaga yo'lladi. Xolid Eysa to'pni qaytardi. 

66. CHETLATISH. BAA, Abdulla Hamad futbolchimizga nisbatan o'ta qo'pol o'ynadi. 

60. O'ZGARISH. O'zbekiston, Azizbek Turg'unboev o'rniga Xojiakbar Alijonov tushdi. 

57. BAA terma jamoasi ikkinchi bo'limning dastlabki daqiqalarida xavfli ko'rinmoqda. 

48. ZARBA. BAA vakili Kayoning zarbasi noaniq chiqdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 


45. Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!

43. ZARBAA. SHomurodovdan qaychi zarbasi. Bu vaziyatda yana Nasrullaev yaxshi uzatmani bergan edi. Noaniq. 

36. To'p nazorati vakillarimizda. Yakun etishmayapti. 

28. ZARBAAA. Terma jamoamizdan xavfli hujum. Nasrullaevning zarbasi keskin biroq noaniq chiqdi. Undan avval Turg'unboev ham keskinlik yaratishga harakat qildi.

25. ZARBAAAAAA. Nasrullaevning uzatmasini SHomurodov boshi bilan darvozaga yo'lladi.  To'p darvozaga kirishiga santimetrlar etishmadi. 

22. BAA terma jamoasi burchak zarbasini ishladi. Uzatmani esa himoyachilarimiz qaytardi.

20. ZARBA. Jaloliddin Masharipovning ochiq zonadan o'ng oyoqda yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

18. BAA terma jamoasi futbolchisi Hamad jarima zarbasidan uzatilgan to'pni boshi bilan Yusupov darvozasiga yo'llashga urindi. Noaniq. 

10. Kichik ustunlik BAA terma jamoasida. Vakillarimiz hozircha o'z imkoniyatini kutmoqda. 

2. Eldor SHomurodovning BAA jarima maydonchasi ichiga etkazib bergan to'pini Xolid Eysa egallab oldi. 

1. Terma jamoamizdan o'yindagi dastlabki hujum. Raqib himoyachilari xavfni bartaraf etdi. 

- O'yin boshlandi. 

- Jamoalar maydonga chiqib keldi. Ikki davlat madhiyalari yangradi. 

- Uchrashuv 19:00da boshlanadi. 

Reyting: +52   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика