La Liga prezidenti FIFAdan Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatini bekor qilishni talab qildi
15 okt 2024 22:45
Yangiliklar
La Liga prezidenti FIFAdan Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatini bekor qilishni talab qildi
Ispaniya chempionati prezidenti Xaver Tebas FIFA o'ylab topgan klublar o'rtasidagi Jahon chempionatining yangi formati hech kimga kerak emasligini aytdi.
"Bu musobaqa o'yinchilarga ham, klublarga ham, xatto FIFAga ham kerak emas. Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati faqatgina tartibsizlik uchun tashkil qilinadi.
FIFA prezidenti, siz bu turnir huquqlarini o'zingiz istagan summaga sota olmadingiz. Sizda hamkorlar yo'qligini yaxshi bilib turibsiz. Bu turnirni kasaba uyushmalari, futbolchilar xohlamayotganini anglab turibsiz. Bu turnirni hoziroq bekor qiling.
Turnirni to'xtating va biz bilan muzokaralar stoliga o'tiring. Muzokara va dialog - bu boshqa boshqa narsalar. Muzokara o'tkazilsa, natijaga erishiladi", -deydi Xaver Tebas.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar