So’nggi yangiliklar

01:15Рустам Ашурматов: "Фабио Каннаваро ўзи билганларини ўргатиб, барчасини бирдек олиб бормоқда"  0 01:00Абдулла Абдуллаев: "Ҳақли равишда ғалаба қозондик"  0 00:51Отабек Шукуров: "Йиғин бошлангандан кейин 4 кун мобайнида мураббийлар Мисрнинг қандай ўйнашини уқтириб борди"  2 00:23Элдор Шомуродов: "Замонавий футболда барчасига тайёр туриш керак"  6 00:10Фабио Каннаваро: "Жаҳон чемпионатига чиққандан кейин стратегия тузилган ва биз буни бажариш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  12 23:54Мбаппе рекорд ўрнатди  2 23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  19 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  20 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  464 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  5 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  2 21:40Луис де ла Фуэнте: "Ямал борасида ҳавотир олмасангиз ҳам бўлади"  0 21:20Вернер қаерга боради?  0 20:58Карло Анчелотти 40 ёшли Модричнинг "Милан"да ўйнаётгани ҳақида гапирди  0

"8+3". Rivaldoning Muborakdagi goli, Zafar Xolmurodov va Xirosima-1994... (11-son) Yangiliklar

"8+3". Rivaldoning Muborakdagi goli, Zafar Xolmurodov va Xirosima-1994... (11-son)

Teglar :  Aziz Nuriy"8+3"
Championat.asia'da "8+3" rukni davom etadi.

Bu gal "Qizilqum" matbuot kotibi, jurnalist Aziz Nuriy bilan suhbatlashdik. Unga futbolga oid 8, futboldan tashqari 3ta savol bilan murojaat qildik.

- Siz o'yinlarini bevosita kuzatgan eng kuchli futbolchi kim?

- Turkmanistonlik Artur Gevorkyan. 

- Tarixdagi eng kuchli jamoa (yoki terma jamoa) sifatida qaysini ko'rsata olasiz? 

- Gvardiola boshchiligidagi "Barselona-2011". 

- Siz ko'rgan eng chiroyli gol qaysi?

- Rivaldoning O'zbekistondagi debyut o'yinida Muborakda "Mashal"- "Bunyodkor" o'yinida Mixail Naumov darvozasiga urgan 2- goli. 


- Futbol olamida boshqalardan mutlaq ajralib turadigan shaxs kim? 

- Besh qo'l barobar bo'lmaganidek, har bir odamni o'ziga yarasha fel atvori bor. AGMK matbuot kotibi SHahboz Beg'amov bo'lsa kerak (kuladi).

- O'zbek futboli qiroli sifatida kimni ko'rsatasiz?

- O'yinlarini ko'rganlarim ichida Zafar Xolmurodov tengsiz edi...

- Nechanchi yillardagi terma jamoamiz barcha davrlarning eng kuchlisi edi?

- Xirosima-1994dagi terma jamoa kuchli bo'lsa kerak hammasidan. 

- O'zbekiston chempionatlarida o'ynagan eng kuchli xorijlik o'yinchi kim?

- Men uchun Artur Gevorkyan.

- O'zingiz o'yinlarini kuzatgan futbolchilar orasidan ramziy jamoa tuzib bering.

- Oleg Qahhorov - Asror Aliqulov, Valentin Poddubniy, Farruh Sayfiev,  SHuhrat Muhammadiev - Erkin Boydullaev, Ro'ziqul Berdiev, Artur Gevorkyan, Elguja Grigalashvili- Zafar Xolmurodov, Jafar Irismetov.

Murabbiy - Pep Gvardiola.

- Yoqtirgan kitob yoki kinongizning nomini ayting.

- O'tkir Hoshimov romanlari va Abdulla Qahhor hikoyalarini o'qishni yaxshi ko'raman.

- Siz uchun baxt nimadan iborat?

- Inson bo'lib yaralashimizning o'zi bir baxt.

- Hayotingizning burilish nuqtasi sifatida qaysi voqeani eslaysiz?

- Ko'p bo'lgan burilish nuqtalari: tahririyatda ish boshlaganim va ko'plab tanlovlarda g'olib chiqqanim, sevimli jamoam "Nasaf"ga ishga kirganim va klubning ko'plab g'alaba, sovrinlariga guvoh bo'lganim. O'ziga shukr!

"8+3". Puyol, Ronaldino va Dragan CHeran — G'ofurov eng yaxshilarni aytdi (10-son)

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика