So’nggi yangiliklar

21:08Расман: "Шўртан" Шайкуловни сафига қўшиб олди  0 20:53Рубен Аморим: "У МЮнинг келажаги"  0 20:37Давид Луис Конте ҳақида: "У билан доим жанжаллашардик"  0 20:22Эрон. "Персеполис" сафарда ғалабага эришди ва пешқадам бўлиб олди  0 19:49Каталония дербиси қайноқ ўтади. "Эспаньол" "Барселона"га қарши ўйин олдидан эҳтиёт чораларини кўрмоқда  2 19:30Эрон чемпионати. "Трактор" "Шамс Азар" меҳмони бўлди, Ҳамробеков 56 дақиқа ўйнади  1 19:13Расман: Ўзбекистон МТЖнинг дарвозабонлар бўйича собиқ мураббийи ОКМКда иш бошлади  2 18:56​Расман: "Андижон" грузиялик футболчи трансферини эълон қилди  4 18:36"Барселона" ва АПЛ клублари Камерун терма жамоаси ҳужумчисини кузатмоқда  1 18:07"Хоразм" футболчиси "Сурхон"га ўтмоқда  1 17:39"Ювентус" ва "Рома" афсонаси Левандовскини "Милан"га ўтишдан огоҳлантирди  2 17:05Азмиддинов "Андижон"дан кетди  10 16:38"Барселона" АПЛ жамоаси ҳимоячисининг трансфери бўйича музокара олиб бормоқда  1 16:10"Шўртан" ҳимоячиси "Андижон"га ўтди  8 15:47City Football Group Ҳиндистон клубидаги улушини сотди  2

25-turda hakamlar xato qilishdimi? Ekspertimiz tahlili davomida bir nechta bahsli vaziyatlar yuzaga keldi Yangiliklar

25-turda hakamlar xato qilishdimi? Ekspertimiz tahlili davomida bir nechta bahsli vaziyatlar yuzaga keldi

Hakamlar bo'yicha ekspertimiz, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev Superliganing 25-tur o'yinlaridagi bahsli hakamlik qarorlarini tahlil qildi.

"Surxon" – "Dinamo" (VIDEO)

Ko'k libosdagi o'yinchi to'p uchun kurashishga ulgurmasdan, odatiy qoidabuzarlikni amalga oshirdi. Penalti to'g'ri belgilandi.


"Qo'qon-1912" – "Bunyodkor" (VIDEO)

Agarda qo'pollik sodir etilmaganda, hujum qilayotgan tomon 3 ga 2 o'yinchi nisbatida ustunlikka ega bo'lardi, bu esa xavfli vaziyat sodir etilishiga zamin yaratardi. Xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan hujumni buzgani uchun sariq kartochka to'g'ri ko'rsatilgan.


"Qo'qon-1912" – "Bunyodkor" (VIDEO)

Oq libosdagi himoyachi to'pni burchak tomon tepib yuboradi, keyingi harakatlar esa tabiiy jarayon hisoblanadi, sababi bu to'qnashuvdan qutulishning iloji yo'q edi, shu bois o'yin davom ettirilishi lozim.


"Nasaf" – "Neftchi" (VIDEO)

Hakam yaxshi holatda bo'lsa-da, avvaliga hech qanday kartochka ko'rsatmagani ajablanarli. Vaziyatni aniq baholash qiyin, menimcha, qo'pollik qizil kartochkaga yaqinroq edi. Oyoqning kaft qismi ko'tarilgan holda raqibga tashlanilgan. Bu holatda qizil libosdagi o'yinchi oyog'ining himoyalanmagan qismiga jarohat etkazishi mumkin edi. SHuningdek, u raqibning tayanch oyog'iga tashlandi, bu esa jarohat olish imkoniyatini oshiradi.


"Nasaf" – "Neftchi" (VIDEO)

Idrok qilish qiyin bo'lgan vaziyat. Birinchidan, darvozabon salomatligi uchun xavfli ravishda boshini quyi eggancha to'pga tashlandi. Hujumchi birinchi bo'lib to'pga o'ynagani uchun darvozabon jazolanishi kerak. Hujumchi oyog'ini normal balandlikka ko'tardi. Lekin bu erda sariq kartochkadan boshqa narsa haqida gapirib bo'lmaydi, bunga hech qanday mezon yo'q.


"Paxtakor" – "Qizilqum" (VIDEO)

Golni aniqlash texnologiyasisiz bu vaziyatni aniq baholab bo'lmaydi, ammo ikkilamchi belgilar himoyachining chap oyog'i chiziqda ekanligini ko'rsatadi, lekin o'ng oyoq esa darvoza ichkarisida edi va to'p aynan o'sha erdan qaytarildi. Himoyachidagi o'ng oyoq holatidan kelib chiqib, to'p darvoza chizig'ini kesib o'tganini taxmin qilish mumkin.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика