So’nggi yangiliklar

14:42Қарши давлат университети ПФЛ талабига жавоб берадиган стадион қуради  0 14:15"Динамо" раҳбариятида ўзгариш: Шарофутдинов кетди  0 13:53Каннаваро: "Ўзбекистон — охиригача курашадиган жамоа. Бу ўзбек халқининг энг муҳим фазилати"  4 13:35Расман: "Динамо" Ҳожимирзаев билан шартномани узайтирди  3 13:24TVCOM'да бугунги тақвим: Бокс бўйича ЖЧда финал учун жанглар, “Рома” Шотландияда ва бошқалар  0 13:02"Арсенал" ҳужумчиси 11 ой ичида илк бор майдонга тушди  0 12:34Португалия терма жамоаси аъзоси фаолиятини тугатди  2 12:02"Қўқон-1912" бош мураббийи билан хайрлашди  6 11:48Ишли ва ишсиз ПРОфессионаллар  4 11:43Артета "Арсенал" футболчиси жиддий жароҳат олганини тасдиқлади  2 11:22Футзал бўйича Ўзбекистон чемпионатининг 6-турида 120 та гол урилди   2 10:45Башар Ресаннинг "Пахтакор"даги келажаги маълум  6 10:17Гвардиола "Реал"ни мағлуб этганидан сўнг нималар деди?  6 09:43Алонсонинг ўрнига "Реал"ни бошқариш учун асосий номзод маълум  17 09:155 та жамоа EЧЛ плей-офф йўлланмасини нақд қилди  4

23 yoshli darvozabon, OKMKni yutgan murabbiy va futbolchi, "Bunyodkor"ga supergol urgan himoyachi - Superligada 27-turning eng yaxshilari Yangiliklar

23 yoshli darvozabon, OKMKni yutgan murabbiy va futbolchi, "Bunyodkor"ga supergol urgan himoyachi - Superligada 27-turning eng yaxshilari

Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 27-turining eng yaxshilarini aniqladi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 27-turning eng yaxshi darvozaboni – Shohruh Isoqov ("So'g'diyona")

"So'g'diyona" ushbu tur o'z maydonida "Qizilqum"ni qabul qildi va 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Mazkur g'alabada jizzaxliklar darvozaboni Shohruh Isoqovning hissasi beqiyos. 23 yoshli darvozabon uchrashuv mobaynida 4 ta seyv ko'rsatdi, shulardan 2 tasi jarima maydoni ichidan yo'llangan zarbalar edi. Championat.asia sayti xodimlari muhokamadan so'ng markaziy uchrashuvda o'zining ijobiy xislatlarini namoyon etgan Isoqovni turning eng yaxshi darvozabonligiga loyiq ko'rdi.


Championat.asia sayti talqinida 27-turning eng yaxshi murabbiyi – Asror Aliqulov ("Sho'rtan")

"Sho'rtan" yakunlangan turda o'z uyida Mirjalol Qosimov qo'l ostidagi OKMKni mehmon qilib, 4:3 hisobida dog'da qoldirdi. Uchrashuv shu hisobda yakun topishida g'uzorliklar murabbiyning uchrashuv uchun ishlab chiqqan rejasi ish berganidan dalolatdir. Musobaqa jadvalida so'nggi pog'onada borayotgan "Sho'rtan" sovrinli o'rinlar uchun kurashyotgan OKMKni taslim qila oldi. Shu tariqa, o'z uyida g'alabani tantana qilgan "Sho'rtan" ustozi Asror Aliqulov turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. 


Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 27-turning eng yaxshi futbolchisi – Po'latxo'ja Xoldorxonov ("Sho'rtan")

"Sho'rtan" OKMKni mag'lub etishida jamoa hujumchisi Po'latxo'ja Xoldorxonov katta sahnaga chiqdi. 22 yoshli futbolchi ushbu bahsda dubl qayd etdi. Ayniqsa, uning birinchi goli katta mehnat evazig urildi. Shunday qilib, Po'latxo'ja Xoldorxonov Championat.asia ijodiy guruhi tomonidan tur futbolchisi deya etirof etildi.


Championat.asia sayti talqinida 27-turning eng chiroyli goli muallifi – Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor")

"Paxtkor" bu tur Toshkent derbisida "Bunyodkor" jamoasini 4:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Uchrashuvning 12-daqiqasida "sherlar" himoyachisi Hojiakbar Alijonov "Bunyodkor" darvozasiga supergol urdi. U o'ng oyog'ining tashqi tomoni bilan Valijon Rahimov qo'riqlayotgan darvozaning yuqori burchagini aniq nishonga oldi. Ushbu gol muallifi Alijonov tur goli muallifi sifatida etrof qilindi.




Reyting: +3   

Fikrlar

+1   
05 noy 19:21:29
Samsung
Alijonovdan turning emas, yilning emas, bir necha yillikning (kamida 10 yil) envg chiroyli goli. Bu shunchaki zarba emas, reyd va uzoq masofadan yuqori 9 likka Trivella uslubidagi zarba bilan urilgsn super chiroyli gol
+1   
05 noy 17:23:19
BXZ BXZ
Бу турда Холдорхоновни турни энг яхши футболчиси бу́лиши мани энг ажаблантирган холат бу́лди .Холдорхонов биринчи марта энг яхшиси бу́лган бу́лса керак яхши озгина у́сиш бор ва янада ку́прок у́з устида ишласин ва яхши хужумчи бу́либ етишсин . Омад .
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика