So’nggi yangiliklar

09:23"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи клубнинг келажаги бўладиган футболчи ҳақида гапирди  0 08:55ESPN "Реал Мадрид"да Хаби Алонсо ўрнини эгаллаши мумкин бўлган асосий номзодни эълон қилди  1 08:30"Каттақўрғон" катта футбол учун дастлабки қадамларни ташлади  1 08:01Ўзбекистонлик футболчи Косово жамоаси билан шартнома имзолади  3 07:29Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Андижон"га ўтишга яқин  7 00:30"Реал" ёзда Пасни "Комо"дан 9 млн еврога сотиб олишга қарор қилди. Нико қайта сотилмайди  0 23:41"Реал" Карвахалга ўринбосар топди  1 23:04Хаби Алонсо "Реал"дан учта юлдузни сотиб олишни сўради  3 22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0 21:48"Арсенал" ҳимоячиси Салиба: "Мен АПЛни яхши кўраман, лекин асосий мақсадим — Чемпионлар лигаси"  0 21:21Флик Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  3 20:55“Манчестер Юнайтед” “Атлетико” ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 20:24“Манчестер Сити” футболчиси январда клубни тарк этиши мумкин  4 19:54Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?  15 19:20Ҳатто Польша Биринчи лигаси вакили ҳам Балотелли билан шартнома имзолашни хоҳламади  5

2025 yilda "SHo'rtan" bosh murabbiyi kim bo'ladi? Klub bosh direktori javob berdi Yangiliklar

2025 yilda "SHo'rtan" bosh murabbiyi kim bo'ladi? Klub bosh direktori javob berdi

Xabaringiz bor, G'uzorning "SHo'rtan" klubi 2025 yilgi Superligada ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.

Jamoa bosh murabbiyi Anvar Berdiev klubdan ketishi haqida turli xabarlar paydo bo'ldi. Championat.asia sayti "SHo'rtan" bosh direktori SHamil Yarulin bilan bog'lanib, vaziyatga oydinlik kiritdi.


"Anvar Berdiev juda yaxshi murabbiy va juda yaxshi inson. U bilan birga jamoamiz yana Superligaga qayta olganidan xursand bo'ldik. Ayni paytda Berdiev Pro licenziyasiga o'qimoqda va o'z bilimini yanada kuchaytirmoqda. Biroq Superligada "SHo'rtan"ni tajribaliroq murabbiy boshqarishi kerak deb hisobladik.

Anvar Berdiev bilan bu borada gaplashib oldik va uni klubimiz tizimida qoldirishga qaror qildik. Berdiev agar klubda qolsa, murabbiy sifatida yanada o'sardi va bizga ham yordami tekkan bo'lardi.

Hozirga qadar hech qaysi murabbiy bilan kelishuvga erishganimiz yo'q. Bir narsani takidlash kerakki, "SHo'rtan" klubida Superliga grandlaridek katta smeta yo'q. SHu sabab xorijlik murabbiy variantini o'ylamayapmiz ham. Mahalliy, nimanidir isbotlashga harakat qilayotgan murabbiy bo'lsa yaxshi bo'lardi.

Asror Aliqulov? To'g'risi u bilan bu borada gaplashganimiz yo'q. Bundan tashqari Aliqulov "Mashal" bilan Superligaga chiqdi va menimcha Muborakda qolsa kerak", - dedi SHamil Yarulin.




Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика