2022 yilgi Jahon chempionati vaqtida Qatarga spirtli ichimliklarni olib kirish taqiqlanadi
09 sen 2022 18:08
Yangiliklar
2022 yilgi Jahon chempionati vaqtida Qatarga spirtli ichimliklarni olib kirish taqiqlanadi
Musobaqaga tashrif buyurgan muxlislarga mamlakatga shaxsiy istemol qilish uchun spirtli ichimliklar olib kirish taqiqlanadi.

Milliy xavfsizlik qo'mitasi rahbari Jassim Abdulrahim Al Sayid:
"Maxsus choralar ko'riladi. O'ylashimcha, bagajda spirtli ichimliklarni olib kelish taqiqlanadi. Mamlakatda spirtli ichimliklar sotiladigan maxsus joylar tashkil etiladi".
2022 yilgi Jahon chempionati tashkiliy qo'mitasi rahbari Nosir Al Hatir shunday dedi:
"Stadionlarda va belgilangan joylarda spirtli ichimliklar sotilishi haqida noto'g'ri tushuncha mavjud. Hammasi odatdagidek boshqa Jahon chempionatlarida bo'lgani kabi ishlaydi. Biz har doim Qatarda spirtli ichimliklar malum hududlarda bo'lishini aytdik.
Fanfest 18:30 da boshlanadi. U erda bolali oilalar ko'p bo'ladi. SHuning uchun biz ularga kun davomida alkogolsiz hududlarda bo'lish imkoniyatini bermoqchimiz. Bu vaqtdan keyin muxlislarga spirtli ichimliklar istemoli uchun sharoit bo'ladi".
Avvalroq Qatarda bo'lib o'tadigan Jahon chempionatida pivo o'yin vaqtida sotilmasligi malum qilingandi. U o'yinlar boshlanishidan uch soat oldin va bir soat keyin sotiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar