So’nggi yangiliklar

20:48"Ал Насср" Роналду орқали МЮ собиқ футболчисини ўз сафига қўшиб олиши мумкин  0 19:59Миш-мишларга чек қўйилди: Лунин Мадридда қолади  0 19:33"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи: "Менга кўп футболчилар керак эмас"  2 19:05ТОП-5 қачон бошланади? Жамоалар янги мавсумга қандай тайёрланмоқда?  5 18:40Легионер посбон, Фарғонада ютган мураббий, дублга эришган футболчи ва собиқ клубига гол урган ҳужумчи — Суперлигада 16-турнинг энг яхшилари   2 18:28"Барселона" "Тэгу"ни йирик ҳисобда мағлуб этди — битта гол Рэшфорд ҳисобида  1 18:10Плетнёв, Таҳсин, Токотаев, Санчес... Суперлига 16-тур рамзий терма жамоаси   4 17:50Машинани эмас, ҳайдовчини алмаштириш керак  6 17:36Манба: Аббос Файзуллаев Конференциялар Лигаси учрашувини ўтказиб юборади  3 17:24Фарғона давлат университети стадиони Про лига баҳсига мезбонлик қилади  8 17:02Парти фаолиятини Ла Лигада давом эттиради  1 16:34Деле Алли фаолиятини якунлагани йўқ  2 16:05Магуайр "Манчестер Юнайтед" сардорлар кенгашида  0 15:42Ирландия клуби футболчи билан тузган шартномасини 4 кун ўтиб бекор қилди  0 15:17"Барча даврларнинг энг ортиқча баҳо бериб юборилган инглиз футболчиси". АПЛ собиқ футболчиси Пол Скоулзнинг буюклигини уйдирма деб ҳисоблайди  10

2019 yil jamoalarimizni kutib turgan musobaqalar ro'yxati Yangiliklar

2019 yil jamoalarimizni kutib turgan musobaqalar ro'yxati

Teglar :  2019 yil
Bu yil terma jamoalarimiz va klublarimiz bir qator xalqaro musobaqalarda ishtirok etishadi.

Biz OFK rasmiy sayti tomonidan taqdim etilgan 2019 yil taqvimi bilan tanishtiramiz.

Dastlab bizning jamoalarimiz ishtirok etadigan musobaqalar haqida to'xtalib o'tamiz.

5 yanvar kuni BAA mamlakatida hisob bo'yicha 17-Osiyo Kubogi musobaqasi boshlanadi. Unda tarixda ilk bor 24ta jamoa ishtirok etadi. Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi "F" guruhida Yaponiya, Ummon va Turkmaniston bilan bellashadi. Qita chempionati 1 fevralga qadar davom etadi.

9 yanvar  O'zbekiston - Ummon
13 yanvar O'zbekiston - Turkmaniston  
17 yanvar O'zbekiston - Yaponiya

Keyingi mavsumda Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqish uchun pley-off o'yinlari esa 5, 12 va 19 fevral kunlari bo'lib o'tadi. Unda "Paxtakor" va AGMK klublari ishtirok etishidan xabaringiz bor. AGMK 12 fevralda o'z uyida Tojikistoning "Istiqlol" klubi bilan o'ynaydi. Bu uchrashuv g'olibi 19 fevral kuni Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubi bilan guruh bosqichiga chiqish uchun maydonga tushadi. "Paxtakor" esa 12 fevralda Toshkentda Iroqning "Eyr Fors" klubi bilan o'ynaydi. Bu o'yin g'olibi 19 fevralda BAAning "Al Nasr" klubi mehmoni bo'ladi. O'zbekiston chempioni "Lokomotiv" klubi to'g'ridan-to'g'ri guruh bosqichida qatnashadi. Guruh bosqichi o'yinlari 4-6 mart kunlari start oladi. Bu bosqich 22 mayga qadar davom etadi. OCHL-2019 finallari 9 va 24 noyabr kunlariga belgilangan.

18-26 mart kunlari Toshkentda U-23 Osiyo chempionati saralash bosqichi guruhlaridan biri bo'lib o'tadi. Unda O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ishtirok etadi. Guruhdagi raqiblarimiz Tojikiston, Hindiston va Pokiston bo'ladi.

1-9 aprel kunlari 2020 yil Tokio mezbonlik qiluvchi Olimpiada o'yinlariga dastlabki saralash bahslari bo'lib o'tadi. Unda Karima Yo'ldosheva boshchiligidagi O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi ishtirok etadi. Hozircha saralash bahslariga qura tashlanmagan.

8-18 avgust kunlari Eronning Isfaxon shahrida futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. Unda O'zbekistonning 2018 yildagi chempioni AGMK klubi ishtirok etadi.

14-22 sentyabr kunlari 2020 yilgi o'smirlar o'rtasidagi U-16 Osiyo chempionati saralash bahslari bo'lib o'tadi. Hozircha bu saralash bahslariga qura tashlanmagan. Musobaqada 2004 yil va undan keyin tug'ilgan futbolchilardan iborat terma jamoalar qatnashishadi.

28 sentyabr - 6 oktyabr kunlari 2020 yilgi yoshlar o'rtasidagi U-19 Osiyo chempionati saralash bahslari bo'lib o'tadi. Hozircha bu saralash bahslariga ham qura tashlanmagan. Bu musobaqada 2001 yil va undan keyin tug'ilgan futbolchilardan iborat terma jamoalar ishtirok etishadi.

Oktyabr oyining 16-27 sanalarida futzal bo'yicha 2020 yilgi Osiyo chempionati saralash bahslari bo'lib o'tadi. Hozircha saralash mexanizmi va chempionat qaysi davlatda bo'lishi malum emas.


2019 yilda bizning jamoalar qatnashmaydigan bir qator musobaqalar ham o'tkaziladi.

7-17 mart kunlari Tailandda plyaj futboli bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. 2017 yilgi qita chempionatida qatnashishdan bosh tortgan O'zbekiston terma jamoasi navbatdagi musobaqada ishtirok etish huquqidan mahrum bo'lgan.

23 may - 15 iyun kunlari Polsha yoshlar o'rtasidagi U-20 Jahon chempioni o'tkaziladi. Osiyodan mazkur musobaqada Qatar, Yaponiya, Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari qatnashishadi.

7 iyundan 7 iyulgach Franciya ayollar o'rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Bizning qitada Avstraliya, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Tailand terma jamoalari mundialda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgan.

5-27 oktyabr kunlari Peru mamlakatida o'smirlar o'rtasidagi U-17 Jahon chempioni bo'lib o'tadi. Osiyo qitasidan ushbu mundialda Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya va Tojikiston terma jamoalari ishtirok etadi.


2019 yilgi musobaqalar ro'yxati
TERMA JAMOALAR

5 yanvar - 1 fevral - Osiyo Kubogi
7-17 mart - Plyaj futboli bo'yicha Osiyo chempionati
18-26 mart - U-23 Osiyo chempionati saralashi
23 may - 15 iyun - U-20 Jahon chempionati
14-22 sentyabr - U-16 Osiyo chempionati saralashi saralashi
28 sentyabr - 6 oktyabr - U-19 Osiyo chempionati saralashi
5-27 oktyabr - U-17 Jahon chempionati

FUTZAL
14-23 iyun - Futzal bo'yicha U-20 Osiyo chempionati
8-18 avgust - Futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati
16-27 oktyabr - Futzal bo'yicha Osiyo chempionati saralashi

AYOLLAR FUTBOLI
23 fevral - 3 mart - Ayollar o'rtasidagi U-16 Osiyo chempionati saralashi
1-9 aprel - 2020 Olimpiada saralashi (Ayollar)
22-30 aprel - Ayollar o'rtasidagi U-19 Osiyo chempionati saralashi
7 iyun - 7 iyul - Ayollar o'rtasidagi Jahon chempionati
15-28 sentyabr - Ayollar o'rtasidagi U-16 Osiyo chempionati
27 oktyabr - 9 noyabr - Ayollar o'rtasidagi U-19 Osiyo chempionati



Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика