So’nggi yangiliklar

21:02Суперлига. Сергеевнинг ягона голи "Пахтакор"га "Сурхон" устидан қийин ғалабани келтирди  52 20:43Элит ОЧЛ. "Насаф" ўз майдонидаги жанговар ўйинда "Ал Ҳилол"га ютқазди  289 20:10Суперлига. "Динамо" ўз уйида "Шўртан"дан устун келди  10 19:50Моуринью ЕЧЛнинг янги формати ҳақида: "Ўзингиз рўбарў келмайдиган жамоаларга ўрнингизни бўшатиб бериш ғалати"  5 19:18Испания Суперкубоги учрашувлари санаси маълум  5 18:34ФИФА пенальти қоидаларини ўзгартиришни режалаштирмоқда  6 17:24Вольтемаде: "Бирор нарса қилиб, кейин "кечирасиз" дейиш футболнинг бир қисми эмас. Менга адолатли кураш ёқади"  4 16:56Суперлига. 24-турда ишловчи ҳакамлар маълум   0 16:40Мутолаа учун. Самарадорлик бўйича Фалькао ва Жирудан қолишмаган ҳужумчи фаолиятини якунлади  0 16:20Про лига. 16-тур баҳсларига ҳакамлар тайинланди  0 15:51Руни: "Бу "Манчестер Юнайтед" эмас. Мен бу футбол клубини танимаяпман"  5 15:25МДҲ Кубоги. Ўзбекистон U-15 Беларусга ютқазди  5 15:05Биласизми? "Насаф" ўз уйида шу пайтгача Саудия Арабистони клуби билан икки марта ўйнаган  2 14:43"Навбаҳор" футболчиси шартномани бир тарафлама бекор қилди. Клуб бир неча ойлик иш ҳақи бўйича қарздор  18 14:22Калмурза: "Реал"га қарши бутун мамлакат учун ўйнаймиз"  4

2015 yil yakuni bo'yicha Xorazm viloyatining eng yaxshilari taqdirlandi Yangiliklar

2015 yil yakuni bo'yicha Xorazm viloyatining eng yaxshilari taqdirlandi

Teglar :  Xorazm
Urganch shahridagi muhtasham “Visol” to'yxonasida Xorazm viloyati futbol federaciyasining 2015 yil yakunlariga bag'ishlangan tantanali marosim bo'lib o'tdi.

Tantanada qatnashgan Xorazm viloyati hokimining manaviy-marifiy ishlar bo'yicha yordamchisi SH. Yaxshiboev,  viloyat  Madaniyat va sport ishlari boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari SH. Madaminov futbol maktab-internati, sport maktabi, jamoalar, futbolchilar, murabbiy va hakamlarni erishgan muvaffaqiyati bilan qutlab “Yilning eng yaxshi”larini tegishli darajada taqdirlashdi.


 
O'z navbatida Xorazm viloyati bolalar ligasida g'olib chiqqan  Urganch shahridagi 5- son futbol bo'yicha davlat  ixtisoslashtirilgan maktab-internati “2015 yilning eng yaxshi futbol maktab-internati” nominaciyasi, mini futbol bo'yicha bolalar ligasi  g'olibi 2-son viloyat bolalar va o'smirlar sport maktabi “2015 yilning eng yaxshi bolalar va o'smirlar sport maktabi” nominaciyasi g'olibligiga loyiq ko'rildi. 2004 yilda tug'ilgan yoshlar viloyat terma jamoasi esa “Yilning eng yaxshi yoshlar jamoasi” bo'ldi. “Aloqa bank jamoasi” – “Yilning eng yaxshi mini futbol jamoasi”, 2015 yilgi viloyat kubogi sohibi “Namuna”(Urganch shahri) jamoasi – “Yilning yaxshi jamoasi” nominaciyalari g'olibi sifatida taqdirlandi. SHuningdek, “Dinamo”(Urganch shahri) jamoasi  viloyat chempioni sifatida etirof etildi.


Urganch Olimpiya zaxiralari kolleji jamoasi hujumchisi Muhammadqodir Rahimberganov – “2015 yilning eng yaxshi yosh futbolchisi”, Yangibozor tumanining “To'maris” ayollar jamoasi azosi Dilnoza O'tamova - “2015 yilning eng yaxshi ayol futbolchisi”, Urganch shahrining “Dinamo” jamoasi yarim himoyachisi Bahodir Murodov - “2015 yilning eng yaxshi  futbolchisi”, “Xorazm”  faxriylar terma jamoasi himoyachisi Otabek Rahimov - “2015 yilning eng yaxshi  faxriy futbolchisi”,  Urganch Olimpiya zaxiralari kolleji murabbiyi Ruslan Abdullaev -  “2015 yilning eng yaxshi yoshlar murabbiyi”,  Urganch shahrining “Dinamo” jamoasi bosh murabbiyi Rashid Rahimov – “2015 yilning eng yaxshi murabbiyi”, 2-son viloyat bolalar va o'smirlar sport maktabi murabbiyi Alisher Ro'zmetov – “2015 yilning eng yaxshi hakami” nominaciyalari bo'yicha g'olib deb topildi. Qolaversa, yana bir qator nominaciyalar  g'oliblari Xorazm viloyati futbol federaciyasining diplom va sovg'alari bilan taqdirlandi.



Xorazm viloyati futbol federaciyasining 2015 yil yakunlariga bag'ishlangan tantanali marosim viloyat Madaniyat va sport ishlari boshqarmasi tomonidan tayyorlangan musiqiy dastur bilan davom etdi.

Ikrom XUDOYBERGANOV

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика