Hakim Fuzaylov: "Agar o'rnimga boshqa murabbiy topilsa, ishdan bo'shashga tayyorman"
26 sen 00:11
Yangiliklar


Hakim Fuzaylov: "Agar o'rnimga boshqa murabbiy topilsa, ishdan bo'shashga tayyorman"
- O'yin haqida fikringiz?
- Nima deyishim mumkin, "Nasaf" chempionatimiz peshqadami. Ular ikkita frontda o'ynayapti, shunga qaramay bu jamoaga qarshi oson bo'lmasligini bilardik. Bugun harakat qildik, ammo yutqazib qo'ydik. Oldinda hali 7ta tur bor, kurash davom etadi. Mag'lubiyatlar klub rahbariyati va muxlislarimizning joniga tegib ketgan bo'lishi mumkin. To'g'risi, o'zim ham bundan charchadim. Agar o'rnimga boshqa murabbiy topiladigan bo'lsa, ishdan bo'shashga tayyorman. Juda toliqdim.
- Bugun jamoangiz durang qayd etishi mumkin edi.
- Nafaqat durang, balki o'z imkoniyatlarimizni yo'qqa chiqarmaganimizda yutib ketishimiz ham mumkin edi. Chunki birinchi taymda ham, ikkinchi bo'limda ham qulay vaziyatlarga ega bo'ldik. Imkon bo'ldi deguncha ko'p vaziyat yaratyapmiz, lekin foydalanishga kelganda oqsoqlik bor. Shuning uchun yaxshi o'ynayapmiz degan gaplardan charchadim.
Mag'lubiyat bu - mag'lubiyat. Baribir yutqazsang ishdan charchaysan. To'g'ri, jamoamiz yaxshi o'yin ko'rsatyapti, lekin natija bo'lmayapti. Jamoani chiroyli o'yin emas, qo'lga kiritilgan ochkolar Superligada saqlab qoladi. O'ylashimcha, muxlislarimiz ham ziq bo'lib ketishdi. Hammasi rahbariyat qo'lida, qarorni ular chiqaradi, mening o'rnimga kimnidir olib kelishsa shu zahoti ishdan ketaman. Chunki jamoani Superligada olib qolish kerak.
- "Xorazm" aksar gollarni 75-80-daqiqalardan keyin o'tkazib yuboryapti. Bu jamoaning jismoniy holati bilan bog'liqmi?
- Futbolchilarimizning jismoniy holati yaxshi. Biz o'yin boshidan oxirigacha bir xil harakat qila olamiz. Faqat koncentraciya yo'qolib qolyapti, shuning uchun gollar o'tkazib yuboryapmiz. Hattoo o'yinning oxirgi daqiqalarida ham hujum qila olamiz, faqat yakuniy zarbani bera olmayapmiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar