So’nggi yangiliklar

14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  2 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  3 13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0 12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0 12:21Шомуродовнинг собиқ клубдоши, Африка қитъасининг энг яхши футболчиси, 2021 йил дунёнинг энг яхши дарвозабони. Бугун "Насаф"га қарши кимлар ўйнайди?   19 11:55Ўзбекистон аёллар терма жамоаси 16 сентябрдан йиғинга киришади  0 11:28"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади  0 10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  6 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  22 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  1 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  7

1998 yil "Paxtakor" "Barselona"dan ham ajoyib "kambek" qilgan Yangiliklar

1998 yil "Paxtakor" "Barselona"dan ham ajoyib "kambek" qilgan

1998 yil Osiyo kubok egalari Kubogida ishtirok etgan "Paxtakor" Osiyo klublar turnirlaridagi eng ajoyib "kambek"lardan birini uddalagan.

Birinchi bosqichda Tojikistonning "Xo'jand" jamoasini ikki o'yinda 5:2 hisobida dog'da qoldirgan "Paxtakor" nimchorak finalda Turkmanistonning "Nisa" klubi bilan to'qnash keladi. Mavsumni muvaffaqiyatli o'tkazayotgan "Paxtakor" Ashxoboddagi birinchi o'yinda kutilmaganda 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ikki haftadan keyin Toshkentda o'tadigan javob bahsida Vega da Silva shogirdlarini murakkab vazifa kutib turardi. Qolaversa, "Nisa" Qurbon Berdiev boshchiligida yaxshi o'yin namoyish etayotgandi.

23 oktyabr kuni "Paxtakor" stadioni muxlislar bilan liq to'ldi. O'yinni ko'rish uchun 50 ming muxlis tashrif buyurgan. Bellashuv boshlanishi bilanoq hujumga o'tgan "Paxtakor" ilk daqiqadayoq penalti ishlaydi va raqib posboni so'nggi umid foli uchun maydondan chetlatiladi. Penaltini Mirjalol Qosimov aniq amalga oshiradi. Raqibning kamchilik bo'lib qolganidan foydalangan "sherlar" tinimsiz hujum uyushtirishga tushadi. Birinchi bo'limning o'zida umumiy farq minimal ko'rinishga keltiriladi. Aleksandr Xvostunov, Mirjalol Qosimov va Igor SHkvirin kiritgan to'plar natijasida hisob 45-daqiqada 4:0ga etadi. Ikkinchi bo'limda yana ikki gol urib, darvoza daxlsizligini saqlab qolish talab etilardi.

67-daqiqada Andrey Strelcov o'rniga o'yinga qo'shilgan Dilmurod Nazarov beshinchi golga mualliflik qiladi. Hal qiluvchi gol esa faoliyati mobaynida 300dan ortiq to'p muallifi bo'lgan Igor SHkvirin hisobiga yoziladi. SHu tariqa "Paxtakor" uddalash juda ham qiyin bo'lgan vazifaning uddasidan chiqadi. Bu Osiyo klublar musobaqalarida amalga oshirilgan eng buyuk "kambek"lardan biri sanaladi.

"PAXTAKOR" — "NISA" Turkmaniston — 6:0 (4:0)
1998 yil, 23 oktyabr. "Paxtakor" stadioni. 50000 tomoshabin.
"Paxtakor":
Roshin, Ashurmatov, SHoymardonov, Qosimov, Qambaraliev, Strelcov (D.Nazarov, 55), Xvostunov, SHirshov (Aliev, 61), Xodiev (Abduraimov, 25), SHkvirin, Akopyanc.
Gollar: Qosimov, 3-pen - 1:0. Xvostunov, 18 - 2:0. Qosimov, 30 - 3:0. SHkvirin, 45 - 4:0. D.Nazarov, 67 - 5:0. SHkvirin, 75 - 6:0.
CHetlatish: Berdiev, 1 ("Nisa").
Hakam: Koilparambil (Hindiston).


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика