"Arsenal" va "Barselona" germaniyalik futbolchi uchun kurashmoqda
10 mar 10:50
Yangiliklar
"Arsenal" va "Barselona" germaniyalik futbolchi uchun kurashmoqda
Ikki klub ham bu yil yozda erkin agentga aylanadigan o'yinchi vaziyatini kuzatmoqda. Bu haqda Sky Sport Germany xabar berdi.
"Borussiya"da etti yil o'ynagandan so'ng Brandt keyingi qadamni qo'yishni rejalashtirmoqda va Ispaniya, Italiya hamda Buyuk Britaniyani karerasini davom ettirish uchun mumkin bo'lgan yo'nalishlar sifatida ko'rib chiqmoqda.
Hozirda klublar bilan aniq muzokaralar olib borilmayapti. Qayd etish joizki, Brandt qishgi transfer oynasida Angliya Premer-ligasi klublaridan ikkita taklif olgan, biroq u mavsumni "Borussiya" safida tugatishni xohlagani uchun ularni rad etgan.
Joriy mavsumda Brandt barcha turnirlarda 32 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt malumotlariga ko'ra, yarim himoyachining narxi 20 million evro.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Fikrlar