11 yoshli bolakay: "Messi o'zini oddiy ota sifatida tutardi. U ingliz tilini bilmas ekan"
22 iyu 2019 23:20
Yangiliklar
11 yoshli bolakay: "Messi o'zini oddiy ota sifatida tutardi. U ingliz tilini bilmas ekan"
11 yoshli angliyalik maktab o'quvchisi Makkenzi O'Neyl dam olish kunlarini argentinalik futbol yulduzi Lionel Messi bilan qanday o'tkazgani haqida aytib berdi.
«Messi oilasi bilan sohilda (plyaj) edi. Men esa bir o'zim to'p o'ynayotgandim. Messining otasi Xorxe menga to'pni otdi va birga o'ynashga chorladi. Biz Messi va uning o'g'li Tyago bilan 45 daqiqacha o'ynadik. Tyago o'z yoshiga nisbatan to'p bilan fantastik harakatlarni bajardi. Messi bilan o'yinimiz esa ajoyib o'tdi. Messi menga futbol borasida qandaydir tavsiya berdimi? Yo'q, sababi u ingliz tilida gapira olmas ekan. Biroq, men uni ko'rganimdan juda xursand bo'ldim. U o'zini oddiy ota sifatida tutardi. SHuningdek men Messi uning o'g'li boshqa bolalar bilan birga o'ynayotganini kuzatib, xursand bo'lganini sezdim», – deydi O'Neyl
Fikrlar