11 yildan so'ng: 2011 yili skudettoni qo'lga kiritgan "Milan" futbolchilari hozir qaerda?
24 may 2022 16:30
Yangiliklar
11 yildan so'ng: 2011 yili skudettoni qo'lga kiritgan "Milan" futbolchilari hozir qaerda?
"Milan" 11 yil deganda skudettoga ega chiqdi. SHu munosabat bilan "Championat.asia" nashri 2010/2011 yilgi mavsum "rossoneri" bilan Italiya chempioni bo'lgan o'yinchilarni yodga olishga qaror qildi.
Kristian Abbyati
Abbyati o'sha mavsumning eng muhim futbolchilaridan biri bo'lgan. A Seriyaning 38 o'yinidan 35tasida maydonga tushgan va bor yo'g'i 19ta to'p o'tkazib yuborgan. SHuningdek, Kristian hisobiga 19ta "quruq o'yin"ni yozdirib qo'ygan.
Abbyati 2016 yil yozda "Milan"da faoliyatini yakunlagan. 2017-2018 yilgi mavsumda u jamoa koordinatori lavozimida faoliyat yuritdi. Kristian hozirda mutaxassis hisoblanib, faxriylar musobaqalarida "Milan" safida to'p tepadi. Yaqinda u A Seriya yulduzlari jamoasi tarkibida o'zbek futboli afsonalariga qarshi bahsda ishtirok etganidan xabaringiz bor.
Tyagu Silva
Tyagu Silvaning faoliyati aynan "Milan"da eng cho'qqisiga chiqqan desak, mubolag'a bo'lmaydi. Braziliyalik A Seriyaning 33 uchrashuvida qatnashgan va har safar ilk daqiqalardan o'yinni boshlagan. U chempionat davomida 1ta gol urib, 1ta golli pas bergan.
Oradan bir yil o'tib, 2012 yili Silva 42 million evro evaziga PSJga o'tadi. Himoyachi u erda 8 yil to'p tepadi, keyin esa faoliyatini "CHelsi"da davom ettirishga qaror qiladi. 37 yoshli Silva joriy mavsum 48 bahsda maydonga tushib, 3ta gol urdi va 2ta assist qayd etdi.
Alessandro Nesta
O'yinlarning aksariyat qismida Tyagu Silva bilan "Milan" markaziy himoyasida Alessandro Nesta harakat qilgan. Buyuk himoyachi o'shanda 34 yoshda edi, faoliyati esa asta-sekin yakuniga etib borayotgandi.
Silva bilan deyarli bir vaqt, 2012 yil yozida Nesta ham "Milan"dan ketadi. Alessandroning yangi klubi "Monreal" bo'ldi va u erda bir yarim yil to'p tepdi. Italiyalik biroz dam olib, 2014 yil noyabrida yana futbolga qaytdi. Nesta o'zining oxirgi klubi, Hindistonning "CHennayin" jamoasining 3ta o'yinida maydonga tushdi.
2015 yil yanvarda Alessandro Nesta faoliyatini yakunladi. Oradan biroz muddat o'tib, murabbiy bo'ldi va "Mayami", "Peruja" va "Frozinone" jamoalarini boshqardi. Nesta 2021 yil martidan buyon murabbiylik faoliyati bilan shug'ullanmayapti.
Marek Yankulovski
Mavsum tugashi bilan Yankulovski hali 33 yoshda bo'lishiga qaramay, faoliyaini yakunladi. Lekin bir necha oy o'tib, futbolga qaytdi va jonajon yurti Ostravaning "Banik" klubida to'liq bo'lmagan mavsumni o'tkazdi.
2012 yil fevralida Marek faoliyatini tamomlash borasida yakuniy to'xtamga keldi. 2018 - 2020 yillar mobaynida "Banik"da sport direktori lavozimida ishladi. Yankulovski ayni damda hayotdan zavqlanib yashamoqda va bazida faxriylar ishtirokidagi uchrashuvlarda qatnashib turadi. U ham xuddi Abbyati kabi o'tgan hafta Toshkentda o'zbek futboli afsonalariga qarshi bahsda ishtirok etdi.
Janluka Dzambrotta
CHempionlikdan bir yil o'tib, Dzambrotta ajoyib faoliyatiga nuqta qo'ydi va eng yaxshi o'ng qanot himoyachisi sifatida futbol ixlosmandlari yodida qoldi. Ammo Yankulovskiga o'xshab, birozdan so'ng yana futbolga qaytdi va SHveycariyaning "Kyasso" klubi safida 5ta o'yinda maydonga tushdi. Dzambrotta u erda o'ynovchi-murabbiy bo'ldi.
Janluka karerasini yakunlagandan so'ng, "Kyasso"da qoldi va 2015 yil apreligacha bosh murabbiylik qildi. Keyinroq Hindistonning "Deli Dinamos" va Xitoyning "Czyansu Sunin" jamoalarini boshqardi. Dzambrotta 2018 yil martdan beri murabbiylik bilan shug'ullanmayapti.
U ayni damda futbolchilarni piar qilish va keng jamoatchilikka yanada mashhur bo'lishi bilan shug'ullanuvchi "SoBe Sport" kompaniyasida ishlamoqda. Kompaniya mijozlari orasida Alessio Romanoli, Frank Kesse, Paolo Maldini, Andrey SHevchenko va futbol olamining boshqa ko'plab insonlari bor.
Inyacio Abate
Abate uzoq yillar mobaynida "Milan"ning asosiy o'ng qanot himoyachisi bo'lgan. Biroq Inyacio 2017 yildan boshlab "rossoneri" asosiy tarkibidan tushib qola boshlagan. Buning sabablaridan biri ko'p jarohat olgani edi.
2018/2019 yilgi mavsum tugashi bilan Abate "Milan"dan ketdi, biroq o'ziga yangi jamoa topolmadi. Katta ehtimol bilan faoliyatini yakunlagan. Inyacioning instagramdagi suratlariga asosan, u hozirda "Milan" o'smirlar jamoasida ishlamoqda.
Hozirgi ko'rinishi: RASM
Kevin-Prins Boateng
Boateng chempionlik mavsumida "Milan"ning muhim o'yinchilaridan biri bo'lmagan — 26 o'yin (18tasida asosiy tarkib)da maydonga tushib, 3ta gol urgan va 2ta golli pas bergan. Kevin-Prins keyinroq jamoada muhim o'rin egallay boshlagan.
Boateng 2013 yil yozida "Milan"dan ketdi. Uning faoliyati juda mazmunli bo'ldi: "SHalke", "Milan"ga qaytish, "Las-Palmas"dagi qisqa davr, "Ayntraxt", "Sassuolo", "Barselona", "Fiorentina", "Beshiktosh" va Mario Balotelli bilan to'p tepgan "Monca" klubi. Kevin-Prins hozirda ona yurtida "Gerta" klubi sharafini himoya qilmoqda.
Jennaro Gattuzo
Gattuzo — "Milan" afsonasi. U "rossoneri"ning 467ta bahsida maydonga tushgan va klub tarixida eng yaxshi ko'rsatkich qayd etgan o'yinchilardan biri hisoblanadi. Aslida, Jennaro uchun 2010/2011 yilgi chempionlik mavsumi yuqori darajadan oxirgisi bo'ldi. U keyinroq "rossoneri" asosiy tarkibidan tushib qoldi va 2012 yil yozida klubni tark etdi.
Gattuzo SHveycariyaning "Son" jamoasida faoliyatini yakunladi va o'sha erda murabbiylik qilishni boshladi. Gattuzo "Milan" va "Napoli"dagi ishi bilan ko'pchilikka tanish. Jennaro ayni damda yangi klub izlash bilan band.
Klarens Zeedorf
"Milan" chempion bo'lganidan 1 yil o'tib, jamoadan ketganlardan biri gollandiyalik bo'ldi. Zeedorf faoliyatini Braziliyada, "Botafogo" safida yakunladi. U "rossoneri" bilan 10ta sovrinni qo'lga kiritdi: ikkita skudetto va ikkita CHempionlar Ligasi shular jumlasidan.
Klarens murabbiylik kurslarini tugatib, 2014 yil yanvarda "Milan" boshqaruvini qo'lga oldi. U erda atigi 6 oy ishladi. Zeedorf keyinroq Xitoyning "SHenchjen", "Deportivo" va Kamerun terma jamoalarini boshqardi. Klarens ayni damda UEFA elchisi hisoblanadi va faxriylar uchrashuvlarida ham ishtirok etib turadi.
Andrea Pirlo
Pirlo 2010/2011 yilgi mavsum A Seriyada "Milan"ning bor yo'g'i 17 bahsida maydonga tushdi. Biroq kelasi yil, mutlaq tekinga o'tgan jamoasi — "Yuventus" etakchisiga aylandi. Andrea faoliyati davomida 6ta skudettoni qo'lga kiritdi (4tasi turinliklar safida).
Pirlo keyinroq MLSda, "Nyu-York Siti"da faoliyatini davom ettirdi va 2018 yil yanvarda butsasini mixga ildi. Oradan ikki yil o'tib, "Yuve" yoshlar jamoasiga murabbiy bo'ldi. Ko'p o'tmay "byankoneri" asosiy jamoasi boshqaruvini qo'lga oldi, ammo aytarli muvaffaqiyatga erishmadi. Aynan Pirlo davrida "Yuventus" 10 yil deganda ilk bor Italiya chempionatida g'olib bo'lolmadi.
Andrea hozir murabbiy bo'lib ishlamayapti, biroq turli loyihalarda faol ishtirok etib, boshqa futbol afsonalari bilan maydonga tushmoqda.
Hozirgi ko'rinishi: RASM
Ronaldino
Ronaldinoning faoliyati ham poyoniga etib borayotgan edi. Agar braziliyalik 2009/2010 yilgi mavsumda 36 uchrashuvda 12+18 qayd etgan bo'lsa, 2010/2011 yilgi chempionlik mavsumida 11 o'yinda atigi 3ta golli uzatma berdi. Ronaldino chempionat tugashi bilan vatani, "Flamengo" klubi tomon yo'l oldi. Keyinroq "Atletiko Mineyro", "Fluminense" va Meksikaning "Keretaro" jamoalari sharafini himoya qildi. Ronaldino 2015 yil klubsiz qolib ketdi, lekin 2018 yil yanvaridagina butsasini mixga ildi.
Afsonaviy futbolchi hozirda dunyo bo'ylab sayohat qilmoqda. SHuningdek, boshqa mashhur faxriylar bilan futbol o'ynab, hayotdan zavqlanib yashayapti. Lekin janjallardan ham uzoqda emas: Ronaldino bir necha yil avval soxta hujjatlar tufayli Paragvay qamoqxonasiga tushib qoldi. SHuningdek, kasodga uchradi degan mish-mishlar ham tarqagandi. Ronaldinoning yangi sevimli mashg'ulotlari orasida — shaxsiy musiqa studiyasi va oliy navli spirtli ichimliklar ishlab chiqarish bo'yicha biznesi bor.
Zlatan Ibragimovich
SHveciyalik forvard — 2011 yilgi chempionlar orasidan haligacha "Milan"da to'p tepayotgan yagona futbolchi. Lekin o'tgan yillar mobaynida PSJ, "MYU" va "LA Gelaksi" jamoalarida o'ynab keldi va 2020 yil yanvarida "Milan"ga qaytdi. O'shandan buyon A Seriyaning 60 uchrashuvida maydonga tushib, 33ta gol urdi va 10ta golli pas berdi. Bularning barchasiga 40 (!) yoshida erishdi. U "rossoneri" bilan shartnomasini 1 yilga uzaytirishi yoki yaqin do'sti Mino Rayola xotirasiga bag'ishlab, agent bo'lishi mumkin degan xabarlar bor.
Aleshandre Pato
Patodan umidlar katta edi, ammo qator jarohatlar iqtidorli braziliyalikning faoliyatini barbod qildi. U chempionlik mavsumida A Seriyaning 25 bahsida maydonga tushib, 14ta gol urdi va 4ta samarali uzatma berdi. Oradan bir yil o'tib, raqamlar butkul o'zgardi: 11 o'yin, 1ta gol va 2ta assist.
2013 yili yanvarda Pato yurtiga qaytdi va "San-Paulu" va "Korintians" sharafini himoya qildi. Aleshandre Evropaga qaytishga urindi, biroq "CHelsi"ga ijaraga o'tish omadsiz bo'ldi. Braziliyadan tashqari, Pato Xitoyning "Tanczin Cyuanczyan" klubida o'ynadi. Aleshandre hozir "Orlando Siti"da to'p tepmoqda.
Filippo Indzagi
CHempionlikka erishgandan bir yil o'tib, Indzagi faoliyatiga nuqta qo'ydi. U "Milan"ning 300 uchrashuvida maydonga tushib, 126ta gol urdi va 34 golli pasni amalga oshirdi. Pippo 2010/2011 yilgi mavsumda bor yo'g'i ikkita gol urdi.
Faoliyatini tugatib, darhol murabbiylik kasbini egalladi. Indzagi "Milan" o'smirlar jamoasida ishlay boshladi, o'tgan vaqt davomida u ikki marta "rossoneri" boshqaruvini qo'lga oldi. Lekin xuddi Zeedorf kabi u ham aytarli yutuqlarga erishmadi. Pippo shuningdek, "Veneciya", "Bolonya", "Benevento" va "Breshia" jamoalarini ham boshqardi. U oxirgi klubidan 2022 yil martda ketdi va o'ziga hali ish topib ulgurgani yo'q.
Antonio Kassano
Kassano mavsum davomida "Milan"ga keldi va 17 o'yinda 11ta samarali harakat amalga oshirdi (4+7). Bir yil o'tib yaxshiroq natijalarga erishdi: 17 bahsda 3+10.
Biroq 2012 yil yozda Kassano "Milan"dan ketdi — uni "Inter" forvardi Jampaolo Pacciniga alishtirishdi. Antonio keyinchalik "Parma" va "Sampdoriya" sharafini himoya qildi. 2018 yil oktyabrida faoliyatini yakunladi. Kassano ayni dam Italiya televideniesida mutaxassis sifatida ishlamoqda.
Robino
2010/2011 yilgi mavsum Robino uchun "Milan" safidagi eng yaxshisi bo'ldi. 34 uchrashuvda 14ta gol urib, 3ta golli uzatma berdi. Keyinroq samaradorligi faqatgina pasayib bordi. 2014 yil yozida Robino "Milan"ni tark etdi. U "rossoneri"dan ketganidan keyin "Santos" (ikki bora), "Guanchjou Evergrand", "Atletiko Mineyro" va Turkiyaning "Sivasspor" va "Bashakshexir" klublarida to'p tepdi.
Braziliyalik 2020 yil butsasini mixga ildi. Yaqinda Robino 22 yoshli albaniyalik qizni zo'rlaganlar guruhida bo'lgani uchun 9 yil qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu voqea 2013 yil yanvarida sodir bo'lgan edi. Lekin Robino hozirgacha qamoq jazosidan qochishga muvaffaq bo'lib turibdi: qamalishi uchun Italiyaga ekstradiciya qilinishi kerak, u erda sud hukmi kuchga kiradi.
Nikolay Egorichev
Fikrlar