Zilola Rahmatova Xitoy Taypeyi – Myanma uchrashuviga tayinlandi

Sherzod Nurmatov
8 iyun 2023
2024 yilda mamlakatimizda o'tadigan ayollar o'rtasidagi U-20 Osiyo Kubogi final bosqichi uchun saralash bahslari davom etmoqda.

Avvalroq Myanmaning Yangon shahrida mazkur musobaqa uchun 2-bosqich saralash bahslari bo'lib o'tishi va "B" guruhi bahslarida Zilola Rahmatova ishlashi ma'lum bo'lgan edi.

Shu tariqa, guruhning 2-turidan o'rin olgan Xitoy Taypeyi hamda Myanma terma jamoalari o'rtasidagi bahsda ishlash uchun Zilola Rahmatova tayinlov oldi. Ushbu uchrashuv bugun, 8 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanishi belgilangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Ўзбекистон футбол ҳакамлари маркази