

"Menimcha, "Arsenal" o'zi haqida haddan tashqari yuqori fikrga borib qolgan. Yaxshi o'yin ko'rsatayotgan "Nottingem" mehmoni bo'lib, durang o'ynash - bu dunyoning oxiri emas. Ular hozir xuddi har bir o'yinda g'alaba qozonishlari shartdek gapirishmoqda.
Odamlar agar jamoang kuchli bo'lsa, barcha bahslarda zafar quchishing kerak, deb o'ylashadi. Lekin futbol bunaqa ishlamaydi. APLda g'alabaga loyiq ekaningni isbotlashing kerak. Shunday jamoalar bo'ladiki, ular "Arsenal"ga haqiqiy jang taklif qila oladi. Va agar ular o'z imkoniyatlaridan foydalanishsa, bemalol ochko tortib olishadi.
Bizda ("MYU"da) bunaqa kibr hech qachon bo'lmagan. "Lester" yoki shunga o'xshash jamoalar bilan 1:1 o'ynasak, hech kim chiqib: "Bu sharmandalik, biz yutishimiz shart edi", deb baqirmasdi. Raqibni hurmat qilish kerak. Nazarimda, o'tgan haftadagi natijadan so'ng "Arsenal" aynan shuni o'rganishi lozim", - dedi Sheringem.



