Zayniddin Tojiev: "Yigitlar buyog'iga ham bugungidek mehnat qilishda davom etsa, Superliga darajasidan kam joyi yo'q ekanligini ko'rsatadi"

10 may 2026, 21:51
O'zbekiston Kubogi guruh bosqichidan o'rin olgan "Dinamo" - "G'azalkent" (2:3) uchrashuvidan so'ng g'azalkentliklar bosh murabbiyi Zayniddin Tojiev o'yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bugun o'ta qiyin uchrashuv bo'lishini taxmin qilganidk. Yigitlarga ko'p taxlil o'tkazgandik. Ob-havo ham biroz qiyinchilik tug'dirdi. Barcha "G'azalkent" muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman. Yigitlarga rahmat. 90 daqiqada birdek mehnat qilishdi", - deya gap boshladi Zayniddin Tojiev.

- Bugungi g'alaba klub tarixidagi eng yirik va sensacion natija desak bo'ladimi?

- Ha. Biz yangi jamoa qurdik. Hali Superliga jamoalarini mag'lub etmagandik. Qishda "Dinamo"ga mag'lub bo'lgandik. Bugungi natijani esa sensaciya desak bo'ladi.

- Jamoangizning Pro Ligadagi ishlari unchalik yaxshi emas, ammo bugun Superliga klubi mag'lub etildi. Yigitlarni bugungi o'yinga qanday tayyorladingizki, ular maydonga chiqib Superliga jamoasini engdi.

- Ruhlantirish muammo tug'dirmadi. Sababi Superliga klubiga qarshi o'ynashning o'zi ishtiyoq beradi. Biz o'stirayotgan yigitlarning maqsadi Superliga klublariga o'tish. Yigitlar bugun yana mehnat qilishda davom etsa, Superliga darajasidan kam joyi yo'q ekanligini ko'rsatdi. Faqatgina tajriba kerak, xolos. Pro Ligaga to'xtaladigan bo'lsak, har bir o'yinda imkoniyatlarimizdan foydalana olmayapmiz. Bugun esa vaziyatlarimizdan foydalana oldik. Bizning oldimizdagi maqsad - yigitlarni katta futbolga etkazib berish. Muxlislarga rahmat deyman. 400 kilometr masofani bosib kelishdi. G'alabani ularga bag'ishlaymiz.

CHA_9868.JPG

- "G'azalkent" yomg'irga yaxshiroq moslashdi. Bunday ob-havo bo'lishini bilib, oldindan tayyorgarlik ko'rganmidingiz?

- Yo'q. Biz shunchaki reja asosida tayyorgarlik ko'rdik. "Dinamo"ning kuchli va kuchsiz jihatlarini o'rganib chiqqandik.

- "Lochin" ham "Lokomotiv"ni mag'lub etdi. Bugungi natijadan so'ng jamoangizning guruhdan chiqish imkoniyati ancha oshdi...

- Pro Ligada "Lochin"ga yutqazib qo'ydik. Vaziyatlarimiz bor edi, ularni ko'kka sovurgandik. "Lochin" esa o'z imkoniyatidan unumli foydalangandi. Yigitlarni keyingi o'yinga tayyorlashda davom etamiz.


Manba: championat.asia