Goal Yevropada mavsumning eng yaxshi 10 nafar futbolchisi nomini ma'lum qildi

29 may 2026, 09:10
Goal portali 2025/2026 yilgi mavsumda Yevropaning eng yaxshi futbolchilari reytingini taqdim etdi.

Unda birinchi o'rinni Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Xarri Keyn egalladi. Ingliz futbolchisi ikkinchi o'rinni egallagan jamoadoshi Maykl Oliseni ortda qoldirdi.

Uchinchi va to'rtinchi pog'onalardan "Barselona" vingeri Lamin Yamal hamda "Real" forvardi Kilian Mbappe joy oldi. Kuchli beshlikni "Arsenal" tayanch yarim himoyachisi Deklan Rays yakunlab berdi.

Goal talqiniga ko'ra 2025/2026 yilgi mavsumda Yevropaning eng yaxshi 10 nafar futbolchisi:

1. Xarri Keyn ("Bavariya").

2. Maykl Olise ("Bavariya").

3. Lamin Yamal ("Barselona").

4. Kilian Mbappe ("Real").

5. Deklan Rays ("Arsenal").

6. Usmon Dembele (PSJ).

7. Luis Dias ("Bavariya").

8. Xvicha Kvaratsxeliya (PSJ).

9. Brunu Fernandesh ("Manchester Yunayted").

10. Vitinya (PSJ).

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal