

“Persepolis” o'rtoqlik uchrashuvida “Kia” jamoasini 7:0 hisobida mag'lub etdi. O'zbekistonlik hujumchidan tashqari Muhammadrizo Mirshafiyon, Amirhusayn Mahmudiy, Muhammadhusayn Sodiqiy va Yosin Salmoniy ham o'z hisoblariga gol yozdirib qo'yishdi.
Eron chempionatining 13-turida “Paykon”ga qarshi kechgan uchrashuvda (3:0) asosiy tarkibda maydonga tushgan futbolchilar esa o'rtoqlik bahsi oldidan tiklanish mashg'ulotlarini o'tkazishdi.
Ma'lumot uchun, “Kia” klubi Eron milliy terma jamoasi va Germaniyaning “Hamburg” klubi sobiq futbolchisi Mahdi Mahdavikiyaga tegishli.



