

- "Buxoro" bilan oson bo'lmagan o'yin o'tkazdik, deya olaman. Chunki bu olti ochkolik uchrashuv edi. Shunday bahsda durang qayd etdik. Maydonda ikki jamoada ham vaziyatlar etarlicha bo'ldi.
"Turon"ning maqsadi Superligaga yo'llanma olish. Oxirgi o'yinlarga kelsak, jarohat olgan futbolchilar bizga yordam bera olishmayapti. Ular qaytishsa, bundan ham yaxshiroq to'p tepa olamiz. Jamoadoshlarimga ishonaman. Futbolda oldindan biror narsa deb bo'lmaydi. Kim kuchli o'yin ko'rsatsa, o'sha jamoa g'alaba qozonmoqda.



