

"Yosh futbolchilar sodir bo'lgan voqealardan xulosa chiqarishlari kerak. Aynan mana shu xatolar bizni turnirdagi ishtirokimizni davom ettirish imkoniyatidan mahrum qildi. Shu bilan birga, biz ahil jamoa bo'lib qolamiz va aybdorlarni qidirmaymiz. Men futbolchilarim bilan chin dildan faxrlanaman. Biz Belgiya terma jamoasi ushbu jahon chempionatidagi eng kuchlilardan biri bo'lganini isbotladik. Balki biz yanada ilgarilashga qodir edik, bunga bir qadam qolgandi, ammo bu yerdagi ishtirokimiz yakunlangani bilan kelishishimiz kerak.
Aytish lozimki, jarohatlar bizga xalaqit berdi. Yuri Tilemans hali chigalka yozish mashqlari paytidayoq shikastlangandi, keyin maydonni Tibo Kurtua tark etdi, Kevin de Bryuyne ham uchrashuvni oxirigacha etkaza olmadi", - deya Garsiyaning so'zlarini keltiradi RTL Info.
Uchrashuvning 89-daqiqasida ispaniyalik yarim himoyachi Mikel Merino Belgiya terma jamoasi darvozasini ishg'ol qildi. Bu vaziyatda zaxiradan maydonga tushgan darvozabon Senne Lammens to'pni o'z oldiga qaytargan edi.



