Xuan Mata "San-Diego" futbol klubiga sarmoya kiritdi

Sherzod Nurmatov
21 noya 2024
Mashhur ispaniyalik yarim himoyachi Xuan Mata 2025 yilda MLSda o'ynay boshlaydigan "San-Diego" klubi egalaridan biriga aylandi.

36 yoshli futbolchi klub akciyalarini sotib oldi va futbolchilik faoliyatidan tashqari futboldagi ishtirokini kengaytirdi.

Ayni paytda Mata Avstraliyaning "Vestern Sidney" jamoasi futbolchisi sifatida o'ynashda davom etmoqda.

"San-Diego" 2025 yildan MLS'da qatnashadi va rivojlanishga bo'lgan ambiciyali yondashuvi tufayli allaqachon futbol muxlislari e'tiborini tortmoqda. Matadan tashqari klub sarmoyadorlari orasida amerikalik mashhur biznesmenlar va afsonaviy sportchilar ham bor edi.

Ilgari "Manchester Yunayted"", "Chelsi" va "Valensiya"kabi top-klublarda o'ynagan Mata "San-Diego"ga investiciya kiritish uzoq muddatli loyiha ekanligini ta'kidlab o'tdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The New York Times