Xovard Uebb AQSHdagi barga kirishda Vikipediyadagi sahifasidan foydalandi

Alisher
27 avg 2019
Taniqli sobiq futbol hakami Xovard Uebb barga kirishda Vikipediyadagi sahifasi orqali yoshini isbotlab berdi.

Qorovul 48 yoshli erkakning yonida yoshini isbotlovchi tasdiqlovchi hujjatlar yo'qligi sababli unga kirishni man etgan.

Uebb esa Vikipediyada sahifasini topdi va bu uning barga kirishiga yo'l ochdi.

Qayd etish kerakki, Uebb 2003 yildan 2014 yilgacha Angliya Premer-ligasi o'yinlarida hakamlik qilgan.

U jahon chempionatlari tarixida eng ko'p sariq kartochka ko'rsatgan hakam hisoblanadi.


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail