Xitoy Superligasi. Anzur Ismoilov jamoasi ikkita penaltidan foydalana olmay mag'lub bo'ldi
Aslanov Jasurbek
31 mar 2018
"Chanchun Yatay" hamda "Guanchjou Fuli" o'rtasida o'tkazilgan Xitoy Superligasining 4-tur uchrashuvi mehmonlar g'alabasi bilan yakunlandi.
O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Anzur Ismoilov to'p tepadigan "Chanchun Yatay" klubi o'yin davomida ikkita penaltiga ega bo'ldi, ammo ularning ikkalasi ham ijobiy yakunlanmadi. Hamyurtimiz uchrashuvda to'liq ishtirok etdi.