

"Lokomotiv" Superliganing 2-turida mehmonda "Mashal"ni mag'lub etdi (0:2). "Temiryo'lchilar"ning gollaridan biriga Anzur Ismoilov mualliflik qildi. Tajribali himoyachi bu natijaga 40 yosh, 10 oy, 12 kunlikda erishdi.

Shu tariqa, u 2003 yildan buyon Superligada gol urgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi. Undan avvalgi natija "Cementchi" himoyachisi Oleg Burovga tegishli edi. Burov 41 yosh, 7 oy, 16 kunligida elitada raqib darvozasini ishg'ol qilgandi.



