

Ximenes 2019 yildan beri klubda, ammo jamoaning yangi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi 31 yoshli meksikalikning xizmatlariga qiziqish bildirmayotgani sabab "bo'rilar"ni tark etishi mumkin.
Ximenesning "Vulverxempton" bilan kelishuvi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt o'yinchini 12 million evroga baholamoqda.
Ximenes joriy mavsum "bo'rilar" safida barcha musobaqalarda 6ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.



