Vladislav Seytlin OFKning hakamlar nazoratchilari va instruktorlar uchun tashkil etilgan o'quv kurslarida ishtirok etadi

Narzulla Saydullayev
14 fev 2019
Shu yilning 14-18 fevral kunlari Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan hakamlar nazoratchilari va instruktorlar uchun o'quv kurslari tashkil qilinmoqda.

Mazkur kurslarda yurtimiz vakili Vladislav Seytlin ham ishtirok etadi.
 
O'quv kurslari davomida hakamlar nazoratchilari va instruktorlar uchun nazariy va amaliy mashg'ulotlar olib boriladi. Ushbu kurslarda yana bir hamyurtimiz Farhod Abdullaev kurs olib boruvchisi sifatida ishtirok etayotganini ham alohida ta'kidlab o'tish kerak.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz