Vitaliy Levchenko: "So'nggi 3 tur yanada qiziqarli o'tsa kerak"

Narzulla Saydullayev
2 noya 2025, 19:39
Superliganing 27-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Surxon" (2:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Vitaliy Levchenko o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


"Ikki xil taym o'yin ko'rdik. Birinchi taymda yaxshiroq harakat qildik, katta tashabbusga ega bo'ldik, vaziyatlar yaratdik, gol urdik, yana gol urishimiz kerak edi. Ikkinchi taym ko'proq hayajonli kechdi. Yigitlar bosimni ko'tara olishdi va ikkinchi golni urdik, afsuski gol o'tkazib yubordik. Bu bizni xursand qilmadi. Xatolarni tahlil qilamiz. Yigitlarni tabriklayman. So'nggi 3 ta tur bor. Olg'a yurishda davom etamiz, menimcha oxirgi turlar yanada qiziqarli o'tadi", - dedi Vitaliy Levchenko.

- Ikkinchi taymda Nimelini maydonga tushirdingiz. Uning xatolari haqida nima deysiz?

- Xatolarni tahlil qilamiz. Unga o'yin amaliyoti beryapmiz. O'z ustida ishlashda davom etishi kerak. Bundan tashqari Nimeli sobiq klubiga qarshi yanada yaxshiroq o'ynaydi deb o'ylagandik. Bo'lar ish bo'ldi, qulay vaziyatdan foydalana olmadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia