

Serbiyaning "Radnik" klubi o'zbekistonlik yarim himoyachi Otabek Shukurov bilan shartnoma imzoladi. Bu transfer Surdulica jamoasi tarixidagi eng shov-shuvli va salmoqli kuchayishlardan biri sifatida baholanmoqda.
"Mozzart Sport" nashrining tasdiqlashicha, transfer to'liq yakunlangan. Futbolchi FIFA kunlaridan so'ng Serbiya Superligasida debyut qilishi kutilmoqda. Uning tajribasi jamoa yarim himoyasini yanada kuchaytirishi aytilyapti.
Ma'lumot uchun, "Radnik" joriy mavsumda Superligada ikkinchi yil qatorasi yaxshi natijalar ko'rsatmoqda. Ayni paytda Surdulica klubi 10 turdan keyin 14 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida 7-o'rinni egallab turibdi. Jamoa joriy chempionatda o'z maydonida hamon mag'lubiyatga uchragani yo'q ("Crvena Zvezda" va "Partizan"ga qarshi o'yinlarda ham). Terma jamoalar tanaffusidan keyin Radnikni Loznicada "IMT"ga qarshi bahs kutib turibdi.



