Verner AQSH jamoasiga o'tdi, biroq "Inter Mayami"ga emas

Mirjalol Normatov
29 yanv 2026
Timo Verner "San-Xose Ertkveyks" jamoasiga o'tdi.

AQSH klubi "Leyptsig" bilan futbolchining shartnomasini bekor qilish borasida kelishuvga erishdi. Shu orqali forvard 2 millioe evro kompensaciya puli oladi.

29 yoshli Verner yangi klubi uchun tibbiy ko'rikdan o'tib bo'ldi va 2028 yil oxirigacha shartnoma imzoladi. Oldinroq uning "Inter Mayami"ga o'tishi aytib o'tilgandi.

Verner ushbu mavsumda Bundesliganing 3 o'yinida qatnashib, sermahsullik qayd etmadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: sjearthquakes.com