Ventura Shvetsiyaga qarshi bahsdan so'ng futbolchilar bilan urishib qolgan ekan

Aslanov Jasurbek
14 noya 2017, 18:14
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Jampero Ventura Shvetsiyaga qarshi javob o'yinidan oldin italiyaliklar safini tark etishi mumkin bo'lgan.

Stokgolmdagi ilk bahsdan (0:1) so'ng Italiya terma jamoasi futbolchilari taktikadan norozi bo'lishgan. Jampero Ventura esa javob tariqasida - iste'fo berish bilan tahdid qilgan.

Italiyadagilarning ma'lum qilishicha, Ventura Milandagi o'yindan so'ng mehmonxonani orqa eshikdan tark etgan. Mutaxassis Italiya futbol federatsiyasining ertangi yig'ilishiga bormoqchi emas.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport Italia