Vengriya TJ ustozi Ronaldu, Mbappe va Noyerga hazil qildi

Eldor Akmurzayev
30 iyun 2021
Vengriyaliklar Evro-2020'da Fransiya, Germaniya va Portugaliya termalari bilan “o'lim guruhi”dan joy olishgandi.

Jamoa guruh bosqichidayoq musobaqa bilan xayrlashgan bo'lsa, yuqori uch o'rin egalari 1/8 finalda uyga qaytadigan bo'lishdi.

Vengriya termasi ustozi Marko Rossi Instagram'dagi sahifasiga o'zi, shuningdek, Krishtanu Ronaldu, Kilian Mbappe va Manuel Noyer bilan birga fotoshop qilingan rasmni joylab: “Sohilda uchrashguncha”, deya izoh qoldirdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: instagram.com/mrrossiofficial