Valverde "Real"ni tark etishi mumkin. Urugvaylik uchun birinchi da'vogar paydo bo'ldi

9 may 2026, 12:41
Eslatib o'tamiz, avvalroq Federiko Valverde Orelen Chuameni bilan janjallashgani haqida xabar berilgandi.

Urugvaylik boshidan jarohat olib, ikki haftaga safdan chiqdi.

Manbaga ko'ra, Valverde "Real"ni tark etishi mumkin. "Liverpul” janjalli vaziyatdan foydalanishga tayyor. "Qizillar" futbolchini o'z tomoniga og'dirmoqchi.

Federiko Valverde joriy mavsumda "Real" safida 48 ta o'yin o'tkazdi. Unda yarim himoyachi to'qqizta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Manba: fichajes.com